Abulali Husayn Lomishiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abulali Husayn Lomishiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi 1049-yil
Vafoti 1128-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi muhaddis, faqih

Abulali Husayn Lomishiy(arabcha:أبو العالي حسين اللوميشي — Abulali Husayn Lomishiy — Toʻliq ismi:Abulali Husayn ibn Ali Abulqosim Imodiddin Lomishiy) — muhaddis, faqih va tarixchi.

Hayoti va Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abulali Husayn Lomishiy 1049-yili Farg‘ona vodiysining Andijon shahri yaqinidagi Lomish (Ilomish) qishlog‘ida tug‘ilgan. Ilm talabida o‘zga yurtlarga sayohatlar qilib, hadis tinglagan. Buyuk faqih, muhaddis va tarixchi sifatida tanilgan. „Az-ziyodot“, „Al-fatavoi-l-Lomishiy“, „Voqeʼoti-l-Lomishiy“ kabi mumtoz asarlar yozgan. Imomiddin Lomishiy 1128-yil 2-sentyabrda Samarqandda vafot etgan.[1][2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ahmet Ozel. Hanafiya fiqhi olimlari. Anqara, 1990
  2. Qoriyev O. A. Farg‘ona fiqh maktabi va Burhoniddin al-Marg‘inoniy. — B. 67.