Abu Muso Ishtixoniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Muso Ishtixoniy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi roviy

Abu Muso Ishtixoniy (arabcha: ابو موسى اشتيخاني — Abu Muso Imron ibn Idris ibn Nuʼaym ibn Abdurahmon ibn Mugʻira Taymimiy Ishtixoniy) — roviy.

Manbalarda u Imron ibn Idris nomi bilan ham keltirilgan. Abu Muso Ishtixoniy Ishtixoniy hadis ilmi sir-asrorlarini Umar ibn Abu Muqotil, Azhar ibn Yunus, Abu Hafs Buxoriy, Muhammad ibn Salom Baykandiy va Muhammad ibn Suhayl Samarqandiy kabi bir qancha muhaddislardan oʻrgangan va ulardan hadis rivoyat qilgan. Oʻz navbatida, Imron ibn Idris Ishtixoniydan Zohid ibn Abdulloh Soʻgʻdiy, Ibrohim ibn Hamdavayh Ishtixoniy va bir qancha ulamolar hadis rivoyat qilganlar[1].

Najmiddin Umar Nasafiyning „Al-qand fiy zikri ulamoi Samarqand“ kitobida Imron ibn Idris Ishtixoniy olim Muhammad ibn Suhayl Samarqandiydan rivoyat qilgan quyidagi hadis keltirilgan: Imron ibn Idris: Bizga Muhammad ibn Suhayl Samarqandiy hadis aytdi, — dedi. U: Bizga Abu Muʼoz Xolib ibn Sulaymon hadis aytdi, — dedi. U: Bizga Molik ibn Anas, u esa Saʼid ibn Abu Saʼid Muqbiridan, u esa Abu Hurayra roziyallohu anhudan hadis aytdi, dedi. U aytadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Agar solih kishi tobutga qoʻyilsa, u: „Meni tezroq olib boringlar“, — deydi, agar yomon kishi tobutga qoʻyilsa, u: „Ey, hasratlar boʻlsin, meni qaerga olib ketayapsizlar, — deydi“, — deb taʼkidladilar"[2]. Manbalarda Imron ibn Idris Ishtixoniyning tavallud topgan va vafot etgan yili haqidagi maʼlumotlar uchramadi[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ataev A. Jizzax allomalari. — T.: Adib, 2014. — B. 61.
  2. Najmiddin Umar ibn Muhammad ibn Ahmad Nasafiy. Al-qand fiy zikri ulamoi Samarqand. — Tehron, 1999. — B. 610.
  3. Isaev Y., Abbosov A. Ishtixoniy allomalar. Imom Buxoriy xalqaro markazi. 2016. — B. 32.