Abu Muhammad Qatavoniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abu Muhammad Qatavoniy — (XI—XII asrlar) faqih, roviy. Toʻliq ismi Abu Muhammad ibn Muhammad ibn Muhammad ibn Ayub Qatavoniy.

Hayoti va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu Muhammad Qatavoniy Ustrushaning Qatavon qishlogʻida tavallud topgan. U fiqh ilmidan tashqari hadis va tafsir ilmlarini ham chuqur egallagan. Hadislarni zamonasida din iftixori sanalgan Abu Hoshim Abdumuttalib ibn Fazl ibn Abdumuttalib Hoshimiy Halabiydan rivoyat qilgan.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu Muhammad Qatavoniy hijriy 506-yilda (milodiy 1113-yil) vafot etgan[1].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Samʼoniy, «Al-ansob», 4-jild, 526-bet; Atayev M., «Jizzax allomalari», 88-bet;

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. «Imom Buxoriy xalqaro markazi» [2016] — 510 bet.