Abu Mansur Qontariy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Mansur Qontariy
Tavalludi

IX asr oxiri
Samarqanddagi Ishtixon shahriga qarashli Roʻs al-qontara qishlogʻi.

Muhaddis va roviy

Abu Mansur Qontariy (arabcha: أبو منصور القنطاري — Abu Mansur Jaʼfar ibn Sodiq ibn Junayd Qontariy) — Muhaddis va roviy.

(vaf. 927 y.)

Abu Mansur Qontariy IX asr oxirida Samarqanddagi Ishtixon shahriga qarashli Roʻs al-qontara qishlogʻida Sodiq ibn Junayd xonadonida tavallud topgan. Bu qishloq XII asrgacha Xushufagʻon, XIII asrgacha arabcha "Roʻs al-qontara" ("Koʻprik boshi"), XIII asrdan XVI asrgacha esa forscha "Saripul" deb atalgan[1]. Abu Mansur Jaʼfar ibn Sodiq ibn Junaydga "Roʻs al-qontariy" deb emas, balki "Qontariy" deb nisba berilgan. Shu bois xalq orasida Abu Mansur Qontariy nomi bilan tanilgan.

Ustozlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu Abdulloh Yoqut Hamaviyning "Muʼjam al-buldon" kitobida keltirilishicha Abu Mansur Qontariy hadis ilmi sir-asrorlarin Xalaf ibn Oʻmir Buxoriy va Muhammad ibn Ishoq ibn Xuzayma kabi allomalardan oʻrgangan va ulardan hadislar rivoyat qilgan.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu Mansur Qontariy 315/927 yilda vafot etgan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Смирнова О.И. Cтраны и народы востока. – Москва, 1971. 92, 93.
  2. Abu Abdulloh Yoqut Hamaviy. Muʼjam al-buldon. J. 9. — Bayrut, 1979. 302.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Isaev Y., Abbosov A. Ishtixoniy allomalar. Imom Buxoriy xalqaro markazi. 2016. 62.