Abu Jaʼfar an-Nufayliy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Ja’far Abdulloh ibn Muhammad ibn Ali an-Nufayliy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 848-yil (hijriy 234-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi hadis hofizi

Abu Jaʼfar an-Nufayliy (arabcha: أبو جعفر النفيلي —Abu Jaʼfar Abdulloh ibn Muhammad ibn Ali an-Nufayliy) — hadis hofizi.

Al-Quzoiy va al-Harroniy nisbalari bilan ham ataladi. Manbalarda hayoti haqida maʼlumot kam uchraydi. Zuhayr ibn Muoviya, Molik ibn Anas, Abdulloh ibn Muborak, Husayn ibn Bashir va Sufyon ibn Uyayna kabi olimlardan hadis rivoyat qilgan. Undan esa Yahyo ibn Maʼiyn, Ahmad ibn Hanbal, Abu Dovud as-Sijis­toniy, Abu Zur’a ar-Roziy, Abu Hotim ar-Roziy, az-Zuhliy va boshqa muhaddislar hadis rivoyat qilganlar.

Abu Jaʼfar an-Nufayliy rivoyatlari „Kutubi sitta“ning barcha to‘p­lamlaridan o‘rin olgan. Ahmad ibn Hanbal uning hofizasini bayon qilar ekan, uni qo‘lida kitob bilan hadis rivoyat qilganini ko‘rmaganini aytadi. Abu Jaʼfar an-Nufayliydan juda ko‘p hadis rivoyat qilgani bilan mashhur bo‘lgan Abu Dovud esa, undan ko‘ra hofizasi kuchli bo‘lgan shaxsni ko‘rmaganini maʼlum qilgan. Abu Hotim ar-Roziy va ad-Doraqutniylar uni siqa va rivoyatlari dalil sifatida qo‘llanilgan shaxs bo‘lganini naql qilganlar.

Abu Jaʼfar an-Nufayliy hijriy 234-yil rabi’ul-oxir oyi (milodiy 848-yil)da, taxminan to‘qson yoshida vafot etgan[1].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Al-Buxoriy. At-Tarӣx al-kabӣr. V, 189;
  2. Ibn al-Asir. Al-Lubāb. III, 320;
  3. Az-Zahabiy. Siyar. X, 634-637;
  4. Ibn Hajar. Tahzӣb at-tahzӣb. VI, 16-18;
  5. Ali Osman Koçkuzu. „Ebû Ca‘fer en-Nüfeylî“. TDV İA. — İstanbul: 1994. X, 117.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.