Abu Bakr ash-Shoshiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Bakr Umar ibn Abdurrahim ash-Shoshiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi taxminan milodiy 1058-yil (hijriy 450-yil)
Vafoti milodiy 1124-yil (hijriy 518-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi soʻfiy, muhaddis

Abu Bakr ash-Shoshiy (arabcha: أبو بكر الشاشي — Abu Bakr Umar ibn Abdurrahim ash-Shoshiy) — so‘fiy va muhaddis.

Hayoti va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shoshlik muhaddislar orasida ham, tasavvufda ham shuhrat qozonib, „shayx“, „solih so‘fiy“ kabi darajalarga erishgan Abu Bakr ash-Shoshiy Marvda Roziq daryosi bo‘­yida istiqomat qilgan. Abu Bakr ash-Shoshiy Imom Abu-l-Muzaffar as-Sam’oniy, Abu-l-Qosim Hibatulloh ibn Abdulvoris ash-Sheroziy al-Hofiz, Abu Saʼd Muhammad ibn al-Horisiy va b.oshqalardan hadis ilmini o‘rgangan.

Iqtibos[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tarixchi as-Sam’oniy Abu Bakr ash-Shoshiydan Marvda hadislar yozib olgan. Uning xabar berishicha,

Men undan fotiha olganman va uni tez-tez ziyorat qilardim. Undan eshitgan hadislar rivoyatlari sirasida Hibatulloh ash-Sheroziy to‘plab, yozib olgan „Arbaʼӣn“ ham bor edi.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu Bakr ash-Shoshiy Marvda vafot etgan va Roziq daryosi qirg‘og‘i bo‘yiga dafn qilingan[1].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. As-Sam’oniy. At-Tajbӣr fi-l-mu’jam al-kabӣr. I, 581;
  2. N. Muhamedov. Shosh vohasi olimlarining ilmiy-maʼnaviy merosi. — T.: Toshkent islom universiteti, 2007. 74;
  3. O‘rta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi. — Samarqand: „Imom Buxoriy xalqaro markazi“, 2016. 479.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.