Abu Bakr al-Keshiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Bakr Sodiq ibn Abu Bakr ibn Husayn al-Gʻaznayoniy al-Keshiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti 1173-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi faqih

Abu Bakr al-Keshiy (arabcha: أبو بکر الکشی — Abu Bakr Sodiq ibn Abu Bakr ibn Husayn al-Gʻaznayoniy al-Keshiy) — faqih.

Abu Bakr al-Keshiy Gʻaznayon qishlog‘idan yetishib chiqqan. Alloma, imom va faqih kabi ulug‘ rutbalar sohibi bo‘lgan. Abu Bakr al-Keshiy Samarqandda yashagan va shu shaharda sha’bon oyida vafot etgan. Gʻonfar deb atalgan joydagi maqbaraga dafn qilingan.

Abu Bakr al-Keshiyning ustozi Abu-l-Fath Mu­borak ibn Ismoil ibn Muhammad al-­Bohiliy hisoblanadi. Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Ahmad an-Nasafiy Abu Bakr al-Keshiyning shogirdlaridan bo‘lgan[1].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Sh. Umarov. O‘rta asrlarda yashagan keshlik allomalar. — Samarqand: „Imom Buxoriy xalqaro markazi“, 2014. 75;
  2. O‘rta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi. — Samarqand: „Imom Buxoriy xalqaro markazi“, 2016. 176.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.