Kontent qismiga oʻtish

Abu Bakr Ahmad Musliyar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abu Bakr Ahmad Musliyar
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi 22-mart 1931-yil (1931-03-22) (94 yosh)
Dini Islom

Abu Bakr Ahmad Musliyar (arabcha: أبو بكر أحمد المسليار‎; 1931-yil 22-mart, Kerala, Kantapuram) – hindistonlik ulamo, voiz, adib, mudarris, Butunhindiston musulmon ulamolar uyushmasining Bosh kotibi, Kalikutdagi Sunniy madaniyat markazining asoschisi va raisi, Kantapuram yoshlar uyushmasining homiysi[1].

Abu Bakr Ahmad Musliyar 1931-yil 22-martda Kerala shtati, Kalikut shahri yaqinidagi Kantapuram qishlogʻida tavallud topgan. Dastlab, boshlangʻich islom ilmlarini oilasida, soʻngra esa madrasa oʻrgangan. Keyinchalik Temaldon viloyati Vilur shahridagi „Baqiyyatus-solihat“ universitetiga oʻqishga kirgan va 1964-yilda diniy ilmlar boʻyicha bakalavr darajasini olgan. U arab, urdu, ingliz, tamil va malayalam tillarida ijod qilgan[1].

Shayx Abu Bakr Ahmad 1974-yilda Kerala viloyati ulamolar kengashining maslahat majlisi aʼzosi, keyinchalik bosh kotibi boʻlib faoliyat yuritgan. 1978-yil Kerala shtatida Sunniy madaniyat markazini taʼsis etadi va 1981-yilgacha shu yerda shariat kulliyasining rektori sifatida ishlagan. 1975-yilda Kerala viloyatidagi „Shabanul-muslimin“ jamiyatining bosh kotibi, 1995-yildan beri bosh raisi sifatida faoliyat yuritib keladi. Bundan tashqari u Hindiston Ahli sunna val-jamoa ulamolari jamiyatining bosh kotibi boʻlib, 2019-yildan beri Hindiston Bosh muftiysi sifatida faoliyat yuritadi[1].

  • „Ismatul anbiyo“
  • „Vahdatul Islam“
  • „Ittibaʼ va ibtidaʼ“
  • „Riyozut tolibin“
  • „Izhorul farah vas-surur bi miyladin Nabiyyul-mabrur“
  • „Siyasatul islamiyya“
  • „Taʼzimul akobir va ihtiromush sharoi'“
  • „Toriq va tasavvuf“

— Iordaniya Qirollik Islom strategik tadqiqotlar markazi tomonidan tuzilgan yillik „dunyoning 500 ta eng nufuzli musulmonlari“ roʻyxatidan oʻrin olgan.

— Eng yaxshi ijtimoiy loyiha uchun Raʼsul-Xayma Islom Akademiyasi mukofoti bilan taqdirlangan (1992)[2].

— Hamil Al-Gaith xalqaro Qur’oni Karim mukofoti (2005)[2].

— Eng yaxshi hind-arab shaxsiyati mukofoti (2006)[2].

Saudiya Arabistonida joylashgan Islom merosi institutining Islom madaniyati va merosini himoya qilishdagi xizmatlari uchun Islom merosi mukofoti (2008)[3][4].

— Malayziya qiroli Sulton Abdulla Sulton Ahmad Shahat tomonidan Islomda muhabbat tuygʻusini targʻib etishga qoʻshgan bebaho hissasi uchun Malayziya Xalqaro „Tokoh Maal Hijra“ mukofoti (2023)[5][6][7].

  1. 1,0 1,1 1,2 Islom.uz. „Abu Bakr Ahmad Musliyar“ (2024-yil 28-avgust). Qaraldi: 2024-yil 10-oktyabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Islamic scholar to address gathering“. Times of Oman (2012-yil 9-fevral). 2020-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 22-fevral.
  3. „Award for Kanthapuram“ (2009-yil 2-yanvar).
  4. „First Islamic Heritage Award“. The Indian Express (2018-yil 19-aprel). 2018-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-sentyabr.
  5. „Malaysia honours Islamic scholar Kanthapuram with Hijra Award“. aninews.in. 2023-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 9-oktyabr.
  6. „In spirit of Maal Hijrah, avoid envy, character assassination“. bernama.com.
  7. „Kanthapuram conferred with Malaysia's highest civilian award“ (en). English.Mathrubhumi (2023-yil 20-iyul). Qaraldi: 2023-yil 1-avgust.