Abu Amr as-Samarqandiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Amr Usmon ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Muhammad ibn Horun ibn Vardon as-Samarqandiy al-Misriy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 864-yil (hijriy 250-yil)
Vafoti milodiy 956-yil (hijriy 345-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi muhaddis

Abu Amr as-Samarqandiy (arabcha: أبو عمرو السمرقندي) — Abu Amr Usmon ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Muhammad ibn Horun ibn Vardon as-Samarqandiy al-Misriy) — muhaddis.

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

IX asrda yashab ijod etgan asli samar­qand­lik muhaddis alloma. Ba’zilar bobosiga nisbat berib Usmon ibn Ahmad, deb ham atashadi. Abu Amr as-Samarqandiy Misrning hozirgi Port Sa’id shahrining janubi g‘arbida joylashgan Tinnis shaharchasida tavallud topgan. Oila ahlining barchasi Tinnisda yashaganlar. U ziyoli oilada voyaga yetadi. Otasi sahih hadislar jamlashga e’tibor qaratib, o‘g‘li Abu Amr as-Samarqandiyga hadis aytib berishga juda qiziqardi. Amakisi Abduljabbor ibn Ahmad ibn Muhammad as-Samarqandiy ham muhaddislardan bo‘lib, Tinnisda faoliyat ko‘rsatgan. Hadislarni Ishoq ibn Ismoil ibn Abdullohdan rivoyat qilgan. Akasi Abdurrahmon ibn Ahmad as-Samarqandiy (vafoti: milodiy 955, hijriy 344-yil) ham muhaddislardan va Tinnisda qozilar boshlig‘i bo‘lgan. Shuningdek, nabirasi Muhammad ibn Zakvon at-Tinnisiy ham ilmli kishilardan sanalgan.

Hadislari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu Amr as-Samarqandiy Misrda ibn Shaybon ar-Ramliy, Muhammad ibn Hammod at-Tehroniy, Muhammad ibn Abdulhakam al-Qitriy va boshqa muhaddislardan hadis eshitib, rivoyat qilgan. Undan Abu Abdulloh ibn Manda, ibn Jumay’, Hofiz Abdulg‘aniy al-Azdiy, Abdurrahmon ibn Umar ibn Nahhos, Husayb ibn Abdulloh ibn Muhammad, Ahmad ibn Muhammad ibn Hoj al-Ishbiliy, nabirasi Muhammad ibn Zakvon at-Tinnisiy va bir qancha muhaddislar hadis rivoyat qilgan.

Iqtibos[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu Amr as-Samarqandiy haqida ulamolar quyidagi fikrlarni aytganlar:

Ibn Yunus

Abu Amr as-Samarqandiy otasi yozgan hadislarini bevosita tinglagan

, deydi.

Abu Saʼd as-Sam’oniy:

Hadis borasida ishonchli va yoshi ulug‘ bo‘lgan.

Shamsuddin az-Zahabiy {{Quote|Ishonch­li muhaddis, Misr­da isnodning yuqorisiga yetgan», deb zikr qilgan.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalarda Abu Amr as-Samarqandiyning asarlari haqida ma’lumotlar yo‘q, faqat muhaddisning «Juz fӣhi min al-favāid al-­muntahāt al-hisān al-avālӣ min hadӣs Abӣ Amr Usmān bin Ahmad bin Muhammad bin Hārӯn as-Samarqandӣ min shu­yӯxih» («Abu Amr Usmon ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Muhammad ibn Horun as-Samarqandiyning ustozlaridan ri­voyat qilgan ahamiyati go‘zal, saralan­gan, foydali hadislardan tashkil top­gan qism») va «Juz fӣhi min hadӣs Abӣ Amr Usmān bin Ahmad bin Muhammad as-Samarqandӣ» («Abu Amr Usmon ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Muhammad as-Samarqandiyning hadislaridan tashkil topgan qism») asarlari ma’lum qismi saqlanib qolgan.Damashqdagi az-Zohiriyya kutubxonasining 1/40 raqami ostida asarning 304-312-varaqlari saqlanadi. Mazkur qo‘lyozmalarda Abu Amr as-Samarqandiyning ustoz­lari Muhammad ibn Abdulhakam al-Qit­riy, Odam ibn Abu Iyos va Shu’ba ibn Hajjojlardan rivoyat qilgan hadislar keltirilgan.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu Amr as-Samarqandiy 95 yoshda Tinnisda vafot etgan. Alloma Samarqandda yashamagan bo‘lsa-da, as-Samarqandiy taxallusi bilan mashhur bo‘lgan. Uning bobolari samarqandlik bo‘lib, ilm ahlidan sanalganlar[1].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Az-Zahabiy. Siyar. — Bayrut: „Muassasa ar-risola“, 1985. XXIX, 419;
  2. Ibn Jami’. Mu’jam ash-shuyӯx. — Tripoli: „Muassasa ar-risola“, 1985. 432-433;
  3. As-Sam’oniy. Al-Ansāb. — Bayrut: „Dor al-fikr“, 1998. 487;
  4. Abu Amr as-Samarqandiy. Favāid al-muntaqā. — Makka: „Jomi’a ummul-quro“. 1999. 10, 12;
  5. Samarqand allomalari. — Samarqand: „Imom Buxoriy xalqaro markazi“, 2017. 67-70.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.