Abu Ahmad al-Kissiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Ahmad Iso ibn Junayd an-Nahviy al-Kissiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi IX asr
Dini Islom
Tanilgan sohasi muhaddis, faqih, adib

Abu Ahmad al-Kissiy (arabcha: أبو أحمد الكسي — Abu Ahmad Iso ibn Junayd an-Nahviy al-Kissiy) — muhaddis, faqih va adib.

Abu Ahmad al-Kissiy ulug‘ muhaddis, faqih, arab tili olimi va adib bo‘lgan. O‘z davrining eng mashhur muhaddislaridan sanalgan Yazid ibn Horun, Abu Ubayd ibn Muammar ibn al-Musanniy, Hishom ibn al-Kalbiy va boshqalardan hadis rivoyat qilgan. Abu Ahmad al-Kissiyning „Kitāb at-tas­rӣf“ („Feʼllarning tuslanishi“) nomli arab tili grammatikasiga oid asari bo‘lgan.

Iqtibos[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sahl ibn Shozuya u haqida shunday so‘zlarni aytgan:

Men Abu Ahmad Iso ibn Junayd an-Nahviy adib al-Kissiydan aqlliroq birorta xurosonlikni va arab tilini undan ko‘proq bilguvchi birorta kishini uchratmadim.

Undan buyuk muhaddislar Imom al-Buxoriy, Abdulhamid al-Keshiy va boshqalar hadis rivoyat qilib, uning shogirdlaridan sanalgan. Abu Ahmad al-Kissiyning ismiga „Adib“ va „an-'Nahviy“ning qo‘shib aytilishi, adib va arab tili bilimdoni bo‘lganiga ishorat qilgan[1].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Sh. Umarov. O‘rta asrlarda yashagan keshlik allomalar. — Samarqand: „Imom Buxoriy xalqaro markazi“, 2014. 64;
  2. O‘rta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi. — Samarqand: „Imom Buxoriy xalq­aro markazi“, 2016. 191.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.