Abu Ahmad Qantariy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abu Ahmad Qantariy (X asr) faqih, muhaddis, adib, shoir va qozi.

Toʻliq ismi Abu Ahmad Qosim ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Maʼruf Nasafiy Qantariy.

Hayoti va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hadis va fiqh ilmida olim boʻlgan. Hadislarni Muhammad ibn Yoqub Asm, Abdulmu’min ibn Xallaf, Abu Jaʼfar Jamol kabi bir qancha Movarounnahr va Xurosonlik allomalardan rivoyat qilgan. Abu Ahmad Qantariy Shayx Abu Bakr Muhammad ibn Ibrohim Qalonisiy Nasafiy davrida Nasafda qozilik qilgan. Keyinchalik bir muncha vaqt Sagʻoniyonda va bir muncha vaqt Ishtixonda ham qozilik qilgan.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hijriy 388-yil Rabi’ul oxir oyining uchinchi kuni vafot etgan (milodiy 997-yil)[1].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Najmiddin Umar Nasafiy. «Al-qand fi zikri ulamoi Samarqand», 237-bet; Isayev Y., Abbosov A. «Ishtixoniy allomalar» 61-bet.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. «Imom Buxoriy xalqaro markazi» [2016] — 509 bet.