Abu-l-Vafo al-Axsikatiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu-l-Vafo Muhammad ibn Muhammad ibn al-Qosim al-Axsikatiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 1126-yil (hijriy 520-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi tilshunos, tarixchi

Abu-l-Vafo al-Axsikatiy (arabcha: أبو الوفاء الأخسيكتي — Abu-l-Vafo Muhammad ibn Muhammad ibn al-Qosim al-Axsikatiy) — tilshunos va tarixchi.

Marvda yashagan. Ibn Abu-l-Manoqib nomi bilan tanilgan bo‘lib, o‘z davrida tilshunoslik va tarix ilmi sohalarida peshvolardan bo‘lgan. Manbalarda Abu-l-Vafo al-Axsikatiy atoqli shoir va arab tilini mukammal bilgan olim sifatida ham taʼriflanadi.

Abu-l-Vafo al-Axsikatiy Axsikatda Abu-l-Qosim Mahmud ibn Muhammad as-So‘fiydan dars olgan. As-Sam’oniy olim bilan bir necha marotaba uchrashgan, lekin uning maʼruzalaridan bahramand bo‘la olmagan. Tarixchilardan Hoji Xalifa olim qalamiga „Kitāb at-tarӣx“ nomli asar mansubligini zikr qilgan[1].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. O. A. Qoriyev. X-XII asrlarda Movarounnahrda fiqh ilmi // Farg‘ona fiqh maktabi va Burhoniddin al-Marg‘inoniy. — T.: „Fan“, 2009. 52;
  2. O‘rta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi. — Samarqand: „Imom Buxoriy xalqaro markazi“, 2016. 29.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.