Abu-l-Baxtariy al-Os ibn Hishom

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu-l-Baxtariy al-Os ibn Hishom ibn al-Horis
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 624-yil (hijriy 2-yil)
Oʻlim sababi Badr jangi
Dini Islom
Tanilgan sohasi mushrik

Abu-l-Baxtariy al-Os ibn Hishom (arabcha: أبو البختري العاص بن هشام — Abu-l-Baxtariy al-Os ibn Hishom ibn al-Horis) — makkaliklarning musulmonlar zarariga bo‘lgan boykotini buzgan qurayshlik mushrik.

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Baʼzi manbalarda ismi Hoshim sifatida zikr qilingan Abu-l-Baxtariyning otasi hamda onasi Arvo binti Horisning nasli Qusayda Payg‘ambar nasllari bilan birlashadi. Abu-l-Baxtariy al-Os ibn Hishom johiliyat davrida Quraysh qabilasining peshqadamlaridan biri bo‘lgan.

Musulmonlarga qarshi boykotni buzishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Payg‘ambar Islomga ochiq daʼvat etishga kirishganlarida Ul Zotning bu daʼvodan voz kechishini talab qilib, Abu Tolibga arz qilgan qurayshlik­lar orasida Abu-l-Baxtariy al-Os ibn Hishom ham bo‘lgan. Biroq uni mashhur qilgan voqea, quraysh qabilasi musulmonlarga qarshi eʼlon qilgan boykot chog‘ida qarindoshlik aloqalari sababli musulmonlar tomonida bo‘lganidir. Abu-l-Baxtariy al-Os ibn Hishom va baʼzi qurayshliklar taom berish man qilingan musulmonlarga avval yemak keltiradilar, keyin esa, musulmonlar bilan ko‘rishish hamda ularga yordam berishni man qilgan boykot matnini Ka’baning devorlaridan olib tashlaydilar.

Oʻldirilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu-l-Baxtariy al-Os ibn Hishom Payg‘ambarning hijrat qilishlariga qarshilik qilish maslahati maqsadida Dor an-Nadvada o‘tkazilgan majlisda qatnashgan, Badr jangida mushriklar qo‘shinining oziq-ovqat jam­g‘armasiga mas’ul bo‘lgan. Payg‘ambar boykot hodisasidagi yaxshiligini eʼtiborga olib, musulmonlar zarariga bo‘lgan faoliyatini bilsalar-da, uni o‘ldirmaslikni amr etganlar. Jang asnosida Abu-l-Baxtariy al-Os ibn Hishom bilan qarama-qarshi kelgan Mujazzar ibn Ziyod al-Balaviy nomli sahoba Payg‘ambarning bu amrlarini unga eslatib, taslim bo‘lishini aytadi. Abu-l-Baxtariy al-Os ibn Hishom do‘sti Junoda ibn Mulayhaga ham omonlik berilsagina taslim bo‘lishga rozi bo‘ladi. Biroq Mujazzar uning bu istagini qabul qilmaydi. Natijada, Abu-l-Baxtariy al-Os ibn Hishom tirik qolish maqsadida do‘s­tini o‘lim xatarida qoldirib ketgani uchun qurayshlik ayollarning aybloviga qolishdan andisha qilib, jang qilishda davom etadi. Oqibatda u o‘ldiriladi[1].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ibn Hishom. As-Sӣra. I, 264, 295, 354;
  2. Ibn Saʼd. At-Tabaqāt. II, 18, 23;
  3. Az-Zubayriy. Nasab Quraysh. 213-214;
  4. Ibn Habib. Al-Muxabbar. 162;
  5. Ibn Qutayba. Al-Maʼārif. 154;
  6. At-Tabariy. Tarӣx. — Bayrut: 1960. II, 323, 336, 342, 370, 437, 450-451;
  7. Ibn Hazm. Jamhara. 117;
  8. Ibn al-Asir. Al-Kāmil. II, 42, 6061, 71, 83, 89;
  9. Ibn Kasir. Al-Bidāya. III, 85, 88, 96, 165, 175, 176;
  10. Az-Zirikliy. Al-Aʼlām. III, 247;
  11. İrfan Aycan. „Ebü’l-Bahterî, Âs b. Hişâm“. TDV İA. — İstanbul: 1994. X, 296.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.