Kontent qismiga oʻtish

Abu-l-Baxtariy Saʼid ibn Feruz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu-l-Baxtariy Sa’id ibn Feruz at-Toiy al-Kufiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 701-yil (hijriy 82-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi tobeʼin, muhaddis, faqih

Abu-l-Baxtariy Saʼid ibn Feruz (arabcha: أبو البختري سعيد بن فيروز — Abu-l-Baxtariy Saʼid ibn Feruz at-Toiy al-Kufiy) — kufalik faqih va muhaddis, tobeʼin.

Abu-l-Baxtariy, Saʼid ibn Feruz as­li arab millatidan bo‘lmagan Toy qabilasining asoschilaridan. Kufada yashagani uchun al-Kufiy nisbasi va Ibn Abu Imron ismi bilan ham zikr qilinadi.

Abu Barza al-Aslamiy, Ibn Abbos, Ibn Umar, Abu Saʼid al-Xudriy kabi sahobalardan hadis rivoyat qilgan. Undan esa Amr ibn Murra, Ato ibn Soib, Habib ibn Abu Sobit, Yazid ibn Abu Ziyod kabi tobeʼinlar hadis rivoyat qilganlar.

Kufalik faqih va hofiz Habib ibn Abu Sobit Abu-l-Baxtariy Saʼid ibn Feruz va taniqli hadis hofizi, qori va mufassir Saʼid ibn Jubayrlar o‘zaro suhbat qurganlarini zikr qila turib, ular ichida olimrog‘i va faqihi Abu-l-Baxtariy Saʼid ibn Feruz ekanini naql qilgan. Abu-l-Baxtariy Saʼid ibn Feruz xalifa Abdulmalik ibn Marvon davrida Kufa voliysi bo‘lgan Hajjojga qarshi isyon qilgan Ibn al-Ash’asni qo‘llab-quvvatlagan olimlardan. Ibn Siriynning maʼlum qilishicha, yaqin do‘stlari uni o‘zlariga rahbar bilib, hurmat qilishar edi.

Oʻldirilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu-l-Baxtariy Saʼid ibn Feruz Hajjojga qarshi bo‘lib o‘tgan Dayr al-jamojim jangida o‘ldirilgan. U Bag‘dod yaqinidagi Dujayl degan joyda o‘ldirilgani haqida ham maʼlumot mavjud.

Manbalarda Abu-l-Baxtariy Saʼid ibn Feruz qayg‘uli xabar eshitganda darrov yig‘laydigan darajada taʼsirchan va o‘ta kamtar shaxs bo‘lgani ham maʼlum qilingan[1].

  1. Imom al-Buxoriy. At-Tarӣx al-kabӣr. III, 506. Ibn Saʼd. At-Tabaqāt. VI, 292-293;
  2. Ibn Abu Hotim. Al-Jarh va-t-taʼdӣl. IV, 54;
  3. Az-Zahabiy. Siyar. IV, 279;
  4. Az-Zirikliy. Al-Aʼlām. III, 99;
  5. Osman Eskicioğlu. „Ebü’l-Bahterî, Saîd b. Fîrûz“. TDV İA. — İstanbul: 1994. X, 296-297.
  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.