Abu-l-Abbos Ahmad al-Bujayriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu-l-Abbos Ahmad al-Bujayriy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 982-yil (hijriy 372-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi muhaddis, roviy

Abu-l-Abbos Ahmad al-Bujayriy (arabcha: أبو العباس أحمد البجيري) — Abu-l-Abbos Ahmad ibn Abu-l-Hasan Muhammad ibn Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Bujayr ibn Hozim as-Sug‘diy al-Xushufag‘niy) — muhaddis va roviy.

Hayoti va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ahmad al-Bujayriy va Ahmad al-Xushufag‘niy nomlari bilan ham mashhur bo‘lgan. Dastlabki ilmini tug‘ilib o‘sgan qishlog‘i Xushufag‘nda, bobosi Abu Hafs al-Bujayriydan olgan. Manbalarda keltirishicha, Abu-l-Abbos Ahmad al-Bujayriy bobosining „Al-Jāmi’ as-sahӣh“ („Ishonchli to‘plam“) va „Kitāb as-safӣna“ („Kema kitobi“) asarlaridan tahsil olgan va ularni to‘liq o‘zlashtirgan. Keyinroq Abu-l-Abbos Ahmad al-Bujayriy o‘z davrining yetuk muhaddislaridan hadis eshitgan va yozib olgan. O‘z navbatida, undan ham bir qancha muhaddislar hadis rivoyat qilganlar.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu-l-Abbos Ahmad al-Bujayriy 372-yil rabi’ul-avval (milodiy 982-yil avgust–sentabr) oyida vafot etgan[1].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • As-Sam’oniy. Al-Ansāb. — Bayrut: „Dor al-­fikr“, 1998. II, 370;
  • Abdulkarim as-Sam’oniy. Nasabnoma. — T.: „Hilol-nashr“, 2017. 168-169.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.