Kontent qismiga oʻtish

Abraham Alechenwu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abraham Alechenwu
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Abraham Alechenwu
Tavallud sanasi 26-mart 1986-yil (1986-03-26) (38 yosh)
Tavallud joyi Lagos, Nigeria
Boʻyi 1.80 m (5 ft 11 in)
Ampluasi Himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
–2003 Ambassadors of Christ
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2004 Gramozi Ersekë
2005 Apolonia Fier
2005–2006 Elbasani
2007 Tirana 29 (0)
2007–2008 Dinamo Tirana 31 (0)
2008–2010 Tirana 57 (0)
2010 Iraklis 0 (0)
2011 Vllaznia Shkodër 14 (0)
2012 Flamurtari Vlorë 21 (0)
2012 Vardar 0 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Abraham Alechenwu (albancha: Abraham Aleçenu 1986-yil 26-martda tugʻilgan) – nigeriyalik sobiq futbolchi va futbol agenti[1].

U faoliyatining koʻp qismini Albaniyada oʻtkazgan, Albaniyada u Elbasani va Tirana jamoalari bilan muvaffaqiyatli mavsumlar oʻtkazgan va bir vaqtlar Albaniya Superligasining eng yaxshi chap qanot himoyachisi deb atalgan[2].

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshlik yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abraham oʻzining futbolchilik faoliyatini Nigeriya 1-divizionida[3] Ambassadors of Christ jamoasi bilan oʻsmirlik davrida boshlagan. Keyin 2004-yilda Yevropa futbolida oʻziga jamoa izlab Albaniyaga koʻchib oʻtgan. Abraham Besa Kavaje, Teuta Durres va Elbasani jamoalarida uchta muvaffaqiyatsiz mavsumlarni oʻtkazgan, bu esa uni Gramozi Ersekë jamoasiga koʻchib oʻtishga majbur qilgan. KS Gramozi Erseke uchun yaxshi oʻynagach, yosh nigeriyalik oʻsha paytda Albaniya birinchi divizionida oʻynagan Apoloniya Fier jamoasiga koʻchib oʻtgan[2].

Albaniya Superligasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Albaniya va Yevropa futbolidagi juda muvaffaqiyatli ilk mavsumdan soʻng, Abraham Albaniya Superligasiga oʻtgan. Uning Albaniyaning premer divizionidagi birinchi jamoasi KF Elbasani boʻlgan, u 2005-yilning yozida ularga qoʻshilgan. Superligadagi birinchi mavsumida u ligada gʻolib chiqqan juda muvaffaqiyatli hisoblanagn KF Elbasani jamoasining asosiy oʻyinchilaridan biriga aylangan. Abraham oʻsha mavsumda Albaniyadagi eng yaxshi himoyaning bir qismi boʻlib, butun mavsum davomida atigi 22 ta golli hujum oʻtkazib yuborgan[4]. U, shuningdek , 2007—2008-yillarda Albaniya Superligasida gʻolib chiqqan Dinamo Tirana jamoasi tarkibida ham oʻynagan. KF Tirana nigeriyalik himoyachini 2008-yilning yozgi transfer oynasida taxminan 160 ming dollar evaziga sotib olgan. Shuningdek, u Albaniyada yangi rekord oʻrnatgan yaʼni 4 marta Albaniya Superligasida gʻalaba qozongan ilk xorijlik futbolchiga aylangan[2].

Iraklis Saloniki[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yil iyul oyida Abraham Gretsiya Superligasida „Iraklis Saloniki“ klubi bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan[1].

Vardar Skopye[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yil iyun oyida Abraham Makedoniya Birinchi Futbol Ligasida Vardar bilan bir yarim yillik shartnoma imzolagan[5]. U 2012—2013-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi saralashida BATE Borisovga qarshi safar oʻyinida jamoa tarkibida maydonga tushgan[6], ammo u Makedoniyada ichki mavsum boshlanishidan oldin jamoa bilan shartnomasi bekor qilingan. Shundan soʻng futbolchi Albaniyaga qaytib, u yerda Besa Kavaje jamoasiga qoʻshilgan.

Adriatiku Mamurrasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kastrioti Kruje Albaniya Superligasidan tushib ketganidan soʻng, Alechenvu yangi jamoa izlash uchun klubni tark etgan va u Albaniya Birinchi divizionida birinchi marta oliy ligaga koʻtarilgan Adriatiku Mamurrasi jamoasiga qoʻshilgan.

Laçi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilning avgustida Abraham yuqori ligaga qaytgan va Laçi bilan bir yillik shartnoma imzolagan[7].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abraham alban pasportiga ega va alban tilida bemalol gaplasha oladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Abraham Alechenwu Soccerway saytida. Qaralgan sana: 30 July 2018.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Dikur "mbret" i krahut të majtë, Abraham prezantohet nga një goleador“ (Albanian). Sport Ekspres (2018-yil 29-iyul). Qaraldi: 2018-yil 30-iyul.
  3. „Nigerian Observer News“. 2011-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 29-may.
  4. KF Tirana 2005–2006 Stats
  5. John Krokodiloff. „Vardar adds another player in Alechenwu“ (Albanian). Macedonian Football (2012-yil 20-iyun). Qaraldi: 2018-yil 30-iyul.
  6. „BATE vs. Vardar 3 – 2“. Soccerway (2012-yil 18-iyul). Qaraldi: 2018-yil 30-iyul.
  7. „Abraham kthehet sërish në Superiore, mësohet ekipi i ri“ (Albanian). Newsport.al (2016-yil 28-avgust). Qaraldi: 2018-yil 30-iyul.