Abon ibn Yazid

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abon ibn Yazid
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti taxminan milodiy 779-780-yil (hijriy 163-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi hadis hofizi.

Abon ibn Yazid (arabcha: أبان بن يزيد — Abu Yazid Abon ibn Yazid ibn Ahmad al-Attor al-Basriy) — hadis hofizi.

Hayoti va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abon ibn Yazid Hasan al-Basriy, Maʼmar ibn Roshid, Yahyo ibn Abu Kasir, Hishom ibn Urva, Yahyo ibn Saʼid al-Ansoriy kabi tobe’inlardan hadis o‘rgangan. Osim ibn Bahdalaning qiroatini uning o‘zidan taʼlim olgan. Ayrim qiroatlardagi farqli o‘rinlarni esa, Qatoda ibn Di’omadan o‘rgangan. Abon ibn Yazid shogirdlari qatorida Yahyo ibn Saʼid al-Qatton, Abdulloh ibn Muborak, Affon ibn Muslim va Abu Dovud at-Tayolisiy kabi muhaddislar bo‘lganlar. Shuningdek, ayrim roviylar undan qiroatlarning farqlari borasida rivoyatlar keltirganlar. Abon ibn Yaziddan kelgan rivoyatlar Ibn Mojaning „Sunan“idan tashqari, „Kutubi sitta“ va boshqa hadis to‘plamlaridan o‘rin olgan. Ibn Adiy va Abu-l-Faraj ibn al-Javziy Abon ibn Yazidni zaif roviy deb topgan bo‘lsa-da, Ahmad ibn Hanbal, Yahyo ibn Maʼiyn, Ibn al-Madiniy, an-Nasoiy, Abu Hotim ar-Roziy va Ibn Hibbon kabi nufuzli muhaddislar uni siqa roviylar qatorida zikr qilganlar. Imom al-Buxoriy va Imom Muslimlar o‘z „Sahӣh“larida Abon ibn Yaziddan rivoyatlar keltirgani uning ishonchli roviy ekaniga dalolat qiladi. Avvaliga Abon ibn Yazidni zaif roviy deb bilib, uning hadislarini rivoyat qilmagan Yahyo ibn Saʼid al-Qatton ham keyinchalik bu fikridan qaytib, uning rivoyatlarini olgan.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vafot etgan sanasi aniq emas, biroq hijriy 163-yilda (milodiy 779–780) vafot etgan ukasi Hammom ibn Yahyoning vafotiga yaqin sanada dunyoni tark etgani taxmin qilinadi[1].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ibn Saʼd. At-Tabaqāt. VIII, 283;
  • Al-Buxoriy. At-Tarӣx al-kabӣr. I, 454;
  • Ibn Abu Hotim. Al-Jarh va-t-taʼdӣl. II, 229;
  • Az-Zahabiy. Mӣzān al-i’tidāl. I, 16;
  • Az-Zahabiy. Siyar. VII, 431-433;
  • Akif Köten. „Ebân b. Yezîd“. TDV İA. — İstanbul: 1994. X, 67-68.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.