Abdussamad al-Palimboniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdussamad al-Palimboniy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti
Dini Islom
Tanilgan sohasi olim, mutasavvif

Abdussamad al-Palimboniy (arabcha: عبد الصمد الپلمبانی) – olim va mutasavvif.

Hayoti va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hayotining asosiy qismi Arabiston yarimorolining Makka va Toif shaharlarida kechgan. Sammoniyya tariqatining asos­chisi Muhammad as-Sammonni murshid tutadi.

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Al-Gʻazzoliyning „Ihyā ’ulӯm ad-dӣn“ asarini „Sayr as-sālikӣn“ (Makka 1306-yil; Bulaq 1309-yil), „Bidāya al-hidāya“ asarini „Hidāya as-sālikӣn“ (Makka 1287-yil, Bombey 1311-yil) nomlari bilan malay tiliga tarjima qilgan. 1779-yilda boshlab, 1788-yilda nihoyasiga yetkazilgan „Sayr as-sālikӣn“ asarida „Ihyā ’ulӯm ad-dӣn“ning baʼzi oʻrinlarini qisqartirib, baʼzi boʻlimlariga ilovalar kiritgan. Abdussamad al-Palimboniyning „Urva al-vusqā va silsila uli-l-ittiqā“ nomli avrod maj­muasi, „Ar-Ratӣb“ va „Nasӣha al-muslimӣn“ nomli arab tilidagi ikki risolasi ham mavjud. Shuningdek, aqoid va mantiq ilmiga bagʻishlangan „Zuhra al-murӣd fӣ bayān kalima at-tavhӣd“ nomli malay tilidagi asari mavjud boʻlib, uni Makkada Ahmad ad-Damanhuriydan taʼlim olgan darslari asosida tuzgan[1].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Haririyzoda. Tibyān. II, 140b-142b;
  • Serkîs. Mu’jam. II, 1284;
  • John Bousfield. „Islamic Philosophy in South-East Asia“. Islam in South-East Asia (ed. M. B. Hooker). – Leiden: 1983. 95, 126;
  • P. Voorhoeve. „Abd al-Samad al-Palimbanı“. EI2 (İng.). I, 92;
  • Nihat Azamat. „Abdüssamed el-Pelimbânî“. TDV İA. – İstanbul: 1988. I, 300.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.