Abduraim Abduvahobov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abduraim Abduvahobov
Tavalludi
Аbduvahobov Аbduraim Аbdullaxayevich

1963-yil 8-avgust
Vafoti 13-iyul 2020-yil(2020-07-13)
(56 yoshda)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi teatr va kino aktyori
Faoliyat yillari 1991—2019
Millati oʻzbek
Dini islom
Mukofotlari ,

Abduvahobov Abduraim Abdullaxayevich (1963-yil 8-avgust, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR — 2020-yil 13-iyul, Toshkent, Oʻzbekiston) — „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist“ (2002), „Doʻstlik ordeni“ sohibi (2014) boʻlgan oʻzbekistonlik sobiq kino va teatr aktyori. U faoliyati davomida 100ga yaqin sahna asarlarida turli xarakterdagi kishilar siymosini gavdalantirgan[1].

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abduraim Abduvohobov 1963-yilning 8-avgust sanasida Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida tavallud topgan. Yoshligidan havaskor tarzda yosh aktyorlar toʻgaraklariga qatnashib yuradi. Shu asnoda, „Shum bola“ filmi uchun tashkillashtirilgan tanlovda oʻzini sinab koʻradi hamda shum bola roʻliga tayyorlana boshlaydi. Abduraim Abduvahobov aynan shu roli orqali oʻzbek xalqi orasida tanilishga erishadi.

Bundan tashqari, aktyor, „Suyunchi“ filmida oʻynagan „professor“ roli orqali ham koʻpchilik olqishiga sazovor boʻladi. 1963-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1984-yili M.Uygʻur nomidagi Toshkent Davlat sanʼat institutini „Drama teatri aktyori“ fakultetini bitigan. 1989-yilda Gulnora ismli qiz bilan turmush quradi va 2 nafar oʻgʻil va 1 nafar qiz farzandning otasiga aylanadi. Oʻz faoliyatini Milliy teatrda 1991-yildan 2019-yilgacha davom ettirgan. Abduraim Abduvahobov oʻlimiga qadar 30ga yaqin kinoloyihalarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan[2]. Oʻzbek xalqining ardoqli aktyori 2020-yilning 14-iyul kunida qandli diabet kasalligidan vafot etadi[3].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy teatrda 1991-yildan boshlab oʻz faoliyatini boshlagan. 2002-yili „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist“ unvoni bilan mukofotlanadi. 2014-yili „Doʻstlik“ ordeni bilan taqdirlanadi. A.Abduvaxobov aktyorlik faoliyati davomida 100ga yaqin sahna asarlarida turli xarakterdagi kishilar rolini mahoratli tarzda ijro etadi. Jumladan, „Аlisher Navoiy“ pyessasida Abulvose, „Аfandining besh xotini“ pyessasida yigit, „Unsiz Faryod“da kinorejissor, „Sohibqiron Temur“da darvesh, „Shum bola“pyessasida Boy ota, „Mexrobdan chayon“da Baxromboy, „Kuloyim“da Qirol, „Ufq“da Askar, „Chimildiq pyessasi“da Kuyov, „Eshik ortidagi hayot“da Ravshan, „Kunduzsiz kechalar“da Tengdosh, „Piri koinot“da al-Yoqub, „Yetti faryod“da Yoʻlovchi, „Qirol Lir“da Masxara, „Enaga“da Enaga, „Bir koshona sirlari“da Boʻrivoy, „Oʼtgan zamon hangomalari“da Hasan kayfi, „Hamlet“da Ozrik, „Аndishali kelinchak“da Qoplonbek, „Makr va muhabbat“da Miller, „Dadajon demayman“da Hikmat, „Oltin qiz“da Botir, „Jahon Otin Uvaysiy“da Hasan Oxun baqqol, „Bevalar“da Sapar ogʻa, „Oʼzbekcha raqs“da Togʻa, „Omad biz tomon“da Bahrom, „Imkon“da Pattaev, „Tili asalim“da Ota, „Rustam“da Xolmatov kabi spektakllarda rang-barang obrazlar yaratib, hamkasblarning olqishiga sazavor boʻladi.

U kinoda ham salmoqli obrazlar yarata olgan ijodkordir. „Shum bola (1977)“da Qoravoy, „Suyunchi (1982)“da Abdulla, „Tiniq buloqlar“da Ilhom, „Shaytanat (1998)“da Boʻtqa, „Muhabbat sinovlari (2002—2004)“da Mahkam aka, „Muhabbatimsan“da Masharib, „Rodina jdyot“da Shayif, „Sugʼdiyona“da Advokat, „18-kvadarat (2007)“da Hokim, „Dada (2010)“kinofilmida Mehribonlar uyi direktori, „Sardor 2“da Haydovchi, „Аka xizmatizga tayyorman“da Rais, „Sevaman dedimmi sevaman (2012)!“da Ota, „Hayot jilgʼalari“da Bahrom, „Oʼzi uylanmagan sovchilar“da Ota va boshqa koʻplab badiiy filmlarda koʻplab obrazlarda namoyon boʻlgan. „Lazzat“ va „Galina Blanka“ kabi koʻrsatuvlarda boshlovchichilik qilgan. Abduraim Abduvohobov yana bir qancha kinofilmlarda muvaffaqiyatli rollar oʻynagan. Jumladan, Ada emas, dada (2010), Firibgar (2010), Osiy banda (2013), Poyga (2013), Bevalar (2013), Koʻrgim keladi (2014), Sevgi balki bu jannat (2015) va Nazira (2017) kabi kinofilmlar shular jumlasidandir[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Abduraim Abduvahobov haqida“. Savol-javob.com. Qaraldi: 25-may 2022-yil.
  2. „Abduraim Abduvahobovning oʻlimiga nima sabab boʻlgani oydinlashdi“. Aniq.uz sayti. Qaraldi: 25-may 2022-yil.
  3. „Abduraim Abduvahobov o'limi haqida - Madaniyat vazirligi ta'ziya bildirdi.“. Madaniyat.uz. Qaraldi: 25-may 2022-yil.
  4. „A.Abduvahobov ijodi haqida“. Buluteka.com. Qaraldi: 25-may 2022-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]