Abdulmuttalib ibn Rabi’a

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdulmuttalib ibn Rabi’a ibn al-Horis al-Hoshimiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 680-81-yil (hijriy 61-yil)
Dini Islom
Ota-onasi
  • Rabi’a ibn al-Horis ibn Abdulmuttalib (otasi)
  • Ummul-Hakam (onasi)
Tanilgan sohasi sahoba

Abdulmuttalib ibn Rabi’a (arabcha: عبد المطلب بن ربیعة — Abdulmuttalib ibn Rabi’a ibn al-Horis al-Hoshimiy (? — 61/680-81, Damashq) — sahoba.

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Otasi Rabi’a ibn al-Horis ibn Abdulmuttalib bo‘lib, Payg‘ambarning amakisi Horisning nabirasi. Baʼzi manbalarda ismi Muttalib deb qayd qilingan. Biroq Ibn Asirning aytishicha, Payg‘ambar uning „Muttalibning quli“ mazmunidagi ismini o‘zgartirmagan. Onasi — Payg‘ambarning amakisi Zubayrning qizi Ummul-Hakam bo‘lgan. Abdulmuttalib ibn Rabi’a Madinada istiqomat qilgan, so‘ngra Umarning xalifalik davrlarida Shomning Damashq shahriga ko‘chib o‘tgan.

Oila qurishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Sahӣh Muslim“da keltirilishicha, otasining qistovida Fazl ibn Abbos bilan Payg‘ambarning oldiga kelib, uylanish vaqti kelgani hamda zakot ishlariga mas’ullikdan tushadigan puldan uylanish niyati borligini aytadi. Ul Zot payg‘ambar oilasiga mansub kishilarga bu yo‘l bilan pul topish to‘g‘ri kelmasligini aytib, amakilarining o‘g‘li Navfal ibn Horis va Mahmiya ibn Jazni chaqirtiradilar. So‘ng Navfalga qizini jiyanlari Abdulmuttalib ibn Rabi’aga, Mahmiyaga esa qizini Fazlga berishlarini tavsiya qiladilar. Yoshlar ana shunday tarzda oila qurdilar. Abdulmuttalib ibn Rabi’aga Navfal emas, balki Abu Sufyon qizini bergani haqidagi rivoyat ham mavjud.

Abdulmuttalib ibn Rabi’a Payg‘ambar va Alidan hadis rivoyat qilgan. Undan esa o‘g‘li Abdulloh, Abdulloh ibn Horis ibn Nav­fal va uning o‘g‘li Muhammadlar rivoyat qilganlar.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdulmuttalib ibn Rabi’a 61/680-81-yilda Madinada vafot etgan. Baʼzi manbalarda vafot sanasi 62/681-82-yil ham ko‘rsatilgan[1].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ibn Saʼd. At-Tabaqāt al-kubra. — Bayrut: 1388/1968. IV, 57-59;
  2. Ibn al-Asir. Usd al-g‘āba. — Qohira: 1970-73. III, 508-509;
  3. Az-Zahabiy. Siyar. III, 112-113;
  4. Ibn Hajar. Al-Isāba. — Qohira: 1328. II, 430-431;
  5. Ibn Hajar. Al-Isāba. Tahzӣb at-tahzӣb. IV, 383-384.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.