Abdulmuʼtiy al-Bobiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdulmuʼtiy al-Bobiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 1806-yil (hijriy 1221-yil)
Vafoti milodiy 1879-yil (hijriy 1296-yil, Ramazon oyining 2-sanasi)
Dini Islom

Abdulmuʼtiy ibn Abdulqodir al-Bobiy — asli kelib chiqishiga qarab, nisbasi – al-Bobiy va yashagan joyiga qarab esa, nisbasi –— al-Halabiy bo‘lgan. Arifmetika, faroiz, nahv, tasrif va ilm-fanning boshqa sohalarida faoliyat olib borgan olim. U taʼlif etgan asarlardan: „Sharhu nazmi-l-ujrumiya“ (Umritiyning nahv ilmi haqidagi „Nazmu-l-ujrumiya“ asariga sharh), „Sharhu mutuni-l-Izziy“ (Tasrif ilmi haqidagi „Izziy matnlari“ga sharh), „Sharhu mutuni-s-saxoviya“ (Arifmetika haqidagi „Saxoviy matnlari“ga sharh)[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 20 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.