Abdulmajid az-Zanjoniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdulmajid az-Zanjoniy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 1902-yil (hijriy 1320-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi mutakallim, hakim va faqih

Abdulmajid ibn Abdulʼali az-Zanjoniy — mutakallim, hakim va faqih bo‘lgan. Zanjonda gumanitar va adabiy fanlarni o‘rgangan. Usul va fiqhda baʼzi ustozlarining darslarida ishtirok etgan. So‘ngra Tehronga safar qilgan. U yerda Ali al-Mudarris, Abul Hasan Jilvadan dars olgan. Zanjonga qaytib, dars bergan.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Havosh kasira ala-l-kutubi-l-mutadovila fi-l-kalom va-l-hikma“ („Kalom va hikmat ilmlaridagi munozaralar haqidagi kitoblarga ko‘p hoshiya-izohlar“)

Abdulmajid az-Zanjoniy milodiy 1902-yil (hijriy 1320-yil) vafot etgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 19 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.