Abdulloh ibn al-Jadd

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdulloh ibn al-Jadd
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Ota-onasi
  • Jadd ibn Qays (otasi)
  • Hind bint Sahl (onasi)
Tanilgan sohasi sahoba

Abdulloh ibn al-Jadd (arabcha: عبد الله بن الجد - Abdulloh ibn al-Jadd ibn Qays al-Ansoriy) — sahoba.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalarda Abdulloh ibn al-Jadd hayoti haqida maʼlumotlar ko‘p emas. Badr va Uhud janglariga qatnash­ganligi zikr qilingan, ammo o‘limi tarixi haqida maʼlumot berilmagan. Xazraj qabilasining Bani Salima uru­g‘iga mansub bo‘lgan Abdulloh ibn al-Jadd Muoz ibn Jabalning ona bir ukasi. Onasining ismi — Hind bint Sahl. Otasi — Jadd ibn Qays johiliyat davrida Bani Salima qabilasining raisi bo‘lgan. Abdulloh ibn al-Jaddning otasi Payg‘ambar bilan ko‘plab g‘azotlarda qatnashgan bo‘lsa-da, munofiqlardan deb sanalgan. Hudaybiya sul­hida bo‘lib, Rizvon bay’atida ishtirok etmagan. Tabuk g‘azotida ishtirok etishni istamagan. Otasining bu holatidan xafa bo‘lgan Abdulloh ibn al-Jadd uning zarariga Qur’on oyatlari nozil bo‘lishi mumkinligini aytgan. Haqiqatda, keyinchalik g‘azotda qatnashmagan munofiqlar haqida oyat nozil bo‘lgan[1]. Usmon davrigacha yashagan Jadd ibn Qaysning ke­yinchalik tavba qilib haqiqiy musulmon bo‘lganiga doir rivoyatlar ham bor.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Al-Voqidiy. Al-Mag‘āzӣ. — London: 1965-66. I, 169;
  2. Ibn Hishom. As-Cӣra. — Qohira: 1955. II, 697;
  3. Ibn Saʼd. At-Tabaqāt al-kubrā. — Bayrut: 1968. III, 571, 583;
  4. At-Tabariy. Tarӣx. — Leiden: 1879-1901. I, 1544, 1545, 1693-1694;
  5. At-Tabariy. Jāmi’ al-ba­yān. „Bulaq“, 1323-29. X, 104, 129;
  6. Ibn al-Asir. Usd al-g‘āba. — Qohira: 1970-73. I, 327;
  7. Mustafa Fayda. "Abdullah b. Ced". TDV İA. — İstanbul: 1988. I, 90;
  8. Alixonto‘ra Sog‘uniy. Tarixi Muhammadiy. — T.: „Movarounnahr“, 2017. 674.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „«Tavba» surasi. 49-oyat“,Qur’oni karim.