Abdulloh ibn Yaqtor
Abdulloh ibn Yaqtor عبد الله بن یقطر | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | milodiy 680-yil 10-oktyabr (hijriy 61-yil Muharram oyining 10-kuni) |
Oʻlim sababi | Karbalo jangida shahid boʻlgan |
Karbalo, Iroq | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | Husayn ibn Alining hamrohlaridan |
Abdulloh ibn Yaqtor (arabcha: عبد الله بن یقطر) – Karbalo jangi shahidlaridan. Baʼzi manbalarga koʻra, Ali va Husayn ibn Alini laʼnatlashdan bosh tortgan va shu sababli Dorul-Xilafadan quvilgan. Boshqa manbalarda Karbalo shahidlari qatorida nomi keltirilgan.
Nasabi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdulloh ibn Yaqtor Madinada tugʻilgan[1]. U Husayn ibn Alining ridoiy ukasi sifatida tanilgan edi. Ibn Hojar Husayn bilan boʻlgan bunday yaqinligi bois Abdullohni uning yaqin kishilari qatoriga qoʻygan[2].
Aksariyat tarixchilarning fikricha, Abdullohning otasining ismi Yaqtor boʻlgan, ammo at-Tabariy uni Baqtor deb atagan[3]. Onasining ismi Maymuna boʻlgan.
Elchilik qilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aksariyat ulamolar Abdulloh ibn Yaqtor Husayn tomonidan uning karvoni Kufaga ketayotganligi toʻgʻrisidagi xabarni Muslim ibn Oqilga yetkazishi uchun yuborgani haqida maʼlumot berishgan[4].
Shahidligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ibn Ziyod Abdulloh ibn Yaqtorni saroydan quvishni buyurgan. Uni saroydan haydab, suyaklarini sindirishgan va qattiq azob berishgan. Keyin bir kishi pastga tushib, uning boshini olgan. Vaziyatning guvohi boʻlgan oddiy xalq uning oʻldirilishiga eʼtiroz bildirganda, Abdullohning qotili shunchaki uning ogʻriqdan xalos boʻlishini xohlayotganini aytgan. Tabariy bu kishining ismini Abdulmalik ibn Umayr al-Laxmiy deya maʼlumot keltirgan[5].
Ibn Saʼd Abdullohning Ibn Ziyod qoʻshini Kufaga kelganining birinchi kunida, Muslim ibn Oqil shahid boʻlishidan oldinroq vafot etganini rivoyat qilgan[6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Yūsufī Gharawī. Mawsūʿat al-tārīkh al-Islāmī — 113-bet.
- ↑ Ibn Hajar al-'Asqalani. Al-Isabah fi tamyiz al Sahaba — 8-bet.
- ↑ Muhammad ibn Jarir al-Tabari. Tarikh Tabari — 398-bet.
- ↑ Al-Baladhuri. The Ansab Al-Ashraf — 168-bet.
- ↑ Taqrib al-ma'arif. Abu l-Salah al-Halabi — 399-bet.
- ↑ Abu 'Abd Allah Muhammad ibn Sa'd ibn Mani' al-Basri. Al-tabaqat Al-kubra — 460-bet.