Abdulloh ibn Amajur at-Turkiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdulloh ibn Amajur at-Turkiy
Tavalludi IX—X asrlarda yashagan
Istiqomat joylari Fargʻona, Hirot
Sohasi astronomiya
Mashhur shogirdlari Muflih ibn Yusuf

Abul Qosim Abdulloh ibn Amajur al-Xaraviy at-Turkiy (9-10-asrda yashagan) — fargʻonalik falakiyotchi olim. Xaraviy nisbasidan Hirotda ham yashaganligi aniqlashadi. Abdulloh ibn Amajurning oʻgʻli Abul Hasan Ali ibn Abdulloh ibn Amajur ham astronom olim boʻlgan. Abdulloh ibn Amajur at-Turkiyning tavallud topgan va vafot etgan yili haqida maʼlumotlar saqlanmagan.

Shogirdlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdulloh ibn Amajurning shogirdi Muflih ibn Yusuf quyosh tutilish jarayoniga taalluqli tajribalar oʻtkazgan. Muflih ibn Yusuf quyidagi asarlar muallifi:

  • Javami ahkam al-kusufat va-l-qiran al-kavokib [Sayyoralarning tutilishi va bogʻlanishi haqida (astrologik) oldindan aytib berishlar majmuasi]. Ushbu risola Parij va Leidenda saqlanadi.
  • Zij at-Taylasan [Taylasan ziji].

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdulloh ibn Amajurning asrlari quyidagilar:

  • Kitob az-zij al-maʼruf bi-l-xalis [[Xatolardan] xolis zij kitobi].
  • Kitob az-zij al-maʼruf bi-l-muzannir [Bogʻlab turuvchi zij kitobi].
  • az-Zij al-badiʼiy [Gʻaroyib zij].
  • Zij al-mamarrat [Oʻtmishlar ziji].
  • Zij al-qini [Qulning ziji].
  • Kitob zad al-musafir [Musofirga foydali kitob].
  • Kitob zij al-Mirrix ala at-tarix al-farisi [Fors erasi boʻyicha Mirrix [Mars] sayyorasi uchun zij]. nomli kitoblari bor[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 10 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.