Abdulloh ibn Abu Avfo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Muoviya Abdulloh ibn Abu Avfo al-Aslamiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 705-yil (hijriy 86-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi sahoba

Abdulloh ibn Abu Avfo (arabcha: عبد الله بن أبي أوفي  — Abu Muoviya Abdulloh ibn Abu Avfo al-Aslamiy) — sahoba.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalarda kunyasi Abu Muoviya, Abu Ibrohim, Abu Muhammad deb keltiriladi. Otasi Abu Avfoning asl ismi Alqama ibn Xolid bo‘lgan. Shu bois ushbu sahoba Abdulloh ibn Alqama nomi bilan ham zikr qilinadi. Abdulloh ibn Abu Avfo Kufada vafot etgan sahobalarning eng so‘nggisi hisob­lanadi. U Hudaybiya kuni Rizvon bay’­atida qatnashgan va bay’at qilgan. Shuning­dek, Xaybar fathi va Hunayn kabi, jami yettita g‘azotda ishtirok etgan. Hunayn g‘azotida qo‘lidan jarohatlangan. Muhammad payg‘ambarning vafotiga qadar Madinada yashagan. Xulafoi roshidiyn davridagi fathlar sababli bosh­qa ko‘pgina sahobalar kabi Madinadan Kufaga ko‘chgan.

Sahobalarning uzoq umr ko‘rganlaridan bo‘lgan Abdulloh ibn Abu Avfo Abu Hanifa ko‘rgan to‘rt sahobadan biridir. Undan Ismoil ibn Abu Xolid, ash-Sha’biy, Abdulmalik ibn Umayr, Abu Ishoq ash-Shayboniy, Salma ibn Kuhayl kabi mashhur kishilar hadis rivoyat qilganlar. Payg‘ambardan rivoyat qilgan hadislarining to‘qsonga yaqini bizgacha yetib kelgan.

Abdulloh ibn Abu Avfo doimo soch va soqolini xinaga bo‘yab yurgan. Uning ko‘zlari umrining oxirida ojiz bo‘lib qolgan.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdulloh ibn Abu Avfo 705-yilda (hijriy 86-yil) Kufada yuz yoshida vafot etgan[1].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Al-Buxoriy. At-Tarӣx al-kabӣr. — Haydar­obod: 1941-60. V, 24;
  • Ibn Hibbon. Mashāhӣr ’ulamā al-amsār. — Qohira: 1959. 49;
  • Hokim. Al-Mustadrak. III, 570-571;
  • Az-Zahabiy. Siyar. III, 428-430;
  • Az-Zahabiy. Tahzӣb at-tahzӣb. V, 151;
  • Ali Yardim. „Abdullah b. Ebû EvfâTDV İA. — İstanbul: 1988. I, 96;
  • 101 ulug‘ sahobiy. — T.: „Toshkent Islom universiteti“ nashriyot-matbaa birlashmasi, 2018. 36.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.