Abdulloh Nasrullohiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Abdulloh Nasrullohiy (taxminan 15-asr 70- yillari — 16- a. o‘rtalari) — tarixchi olim. 15-asrning 90-yillarida Balx viloyati hokimi temuriyzoda Badi-uzzamon Mirzo saroyida xizmat qilgan. Shayboniyxon Hirotni egallagach (1507), shayboniylar (Muhammad Shayboniyxon, Muhammad Temur sulton, Suyunchxo‘jaxon) xizmatida bo‘lgan. Suyunchxo‘jaxonning o‘g‘li Sulton Muhammad (boshqa bir ismi Keldi Muhammad, Shoxruxiya viloyati hokimi) topshirig‘iga ko‘ra "Zubdat ul-osor" asarini yozgan (taxminan 1533). Un-daturkiy, mo‘g‘ul xalqlarining tarixi, turkiylarning afsonaviy bobokaloni Yofas ibn Nuxdan boshlab Movarounnaxr va Xurosonni shayboniylar bosib olgu-nigacha, dastlabki shayboniylar davrida-gi Movarounnaxr va Xurosondagi siyosiy hayot (1525 yilgacha) bayon etilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil