Kontent qismiga oʻtish

Abdullayev Ulugʻbek Saydanovich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdullaev Ulugbek Saydanovich
Tavalludi 1956-yil 8-avgust
Jalaquduq tumani
Fuqaroligi O‘zbekiston
Kasbi tarixchi
Ish joylari Andijon mashinasozlik instituti
Ilmiy unvoni Tarix fanlari doktori, professor
Mashhur ishlari Farg‘ona vodiysi qishloqlarida an’anaviy va zamonaviy millatlararo aloqalar

Ulugʻbek Saydanovich Abdullayev (1956-yil 8-avgust, Jalaquduq tumani) – oʻzbekistonlik tarixchi olim, tarix fanlari doktori, professor. Andijon mashinasozlik instituti Gumanitar fanlar kafedrasi professori.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ulugʻbek Saydanovich Abdullayev 1956-yil 8-avgustda Andijon viloyati, Jalaquduq tumanida tugʻilgan. 1983-yilda Toshkent davlat universiteti hozirgi (Oʻzbekiston Milliy universiteti) Tarix fakultetini tugatgan.

Ilk mehnat faoliyatini 1974-yilda Andijon viloyati, Jalaquduq tumanidagi „Paxtakor“ jamoa xoʻjaligida kolxozchilikdan boshlagan.

1984-yilda Universitetni tamomlagach 1992-yilga qadar Oʻzbekiston SSR Fanlar Akademiyasi Etnografiya instituti stajyor-tadqiqotchisi, Fanlar Akademiyasi Tarix instituti aspiranti, ilmiy xodimi vazifalari ishlagan. 1992-1995-yillarda Andijon iqtisodiyot va boshqaruv instituti Siyosatshunoslik va falsafa kafedrasi assistenti, 1995-1998-yillarda Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti Oʻzbekiston tarixi va falsafa kafedrasi katta oʻqituvchisi, 1998-2007-yillarda ushbu kafedra dotsenti, 2007-2010-yillarda Oʻzbekiston tarixi kafedrasi mudiri vazifalarida ishlab, talabalarga bilim bergan. 2010-2013-yillarda Andijon mashinasozlik instituti akademik litsey va kasb-hunar kollejlari boʻyicha prorektor, 2013-yildan 2018-yilga qadar esa "Oʻzbekiston tarixi " kafedrasi professori sifatida faoliyat yuritgan. 2018-yildan ayni paytga qadar Gumanitar fanlar kafedrasi professori sifatida mehnat qilib kelmoqda. „Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 25 yil“ koʻkrak nishoni sohibi.

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ulugʻbek Abdullayev 1991-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Kengashda "[[Fargʻona vodiysi]] qishloq joylarida anʼanaviy va zamonaviy millatlararo aloqalar”. (““Традиционные и современные межэтнические связи в сельской местности Ферганской долины”) mavzusida nomzodlik ishini himoya qilgan. 2006-yilda esa Oʻzbekiston Respublikasi FA tarix institutida „Fargʻona vodiysidagi millatlararo jarayonlar (XIX-XX asr boshlari)“ (Mejetnicheskie protsessi v Ferganskoy doline (nachalo XIX-XX veka) mavzusida 07.00.07 Etnografiya, etnologiya va antropologiya mutaxassisligi boʻyicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Ulugʻbek Abdullayev „Oʻzbekiston tarixi“, „Oʻzbekistonning eng yangi tarixi“ fanlaridan maʼruza mashgʻulotlari olib boradi. Bir necha monografiya, oʻquv qoʻllanma va ilmiy maqolalar muallifi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Traditsionnie i sovremennie mejetnicheskie svyazi v selskoy mestnosti Ferganskoy dolini"

Mejetnicheskie protsessi v Ferganskoy doline (nachalo XIX-XX veka

Oʻzbek xonliklari aholisining etnik tarkibi