Nomzodlik minimumi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nomzodlik minimumi, nomzodlik imtihonlari (OʻzRda)— oliy oʻquv yurtlari va i.t. muassasalarida nomzodlik dissertatsiyasini ximoya qilishdan oldin aspirant va tadqiqotchilar tomonidan topshiriladigan im-tihonlar. Falsafa va milliy istiklol gʻoyasi hamda demokratik jamiyat qurishning nazariy asoslari, chet tili, kompyuter va hisoblash texnikasi, dissertatsiya mavzusiga muvofiq keladigan mutaxassislik fanidan topshiriladi. Ijtimoiy-gumanitar yoʻnalishda dissertatsiya yoklamoqchi boʻlganlar bularga qoʻshimcha ravishda mustaqillik mafkurasi va demokratik jamiyat kurishning iqtisodiy, ijtimoiysiyosiy, maʼnaviy negizlari hamda ilmiy asoslari fanidan ham Nomzodlik minimumi topshiradilar.

Falsafa va milliy istiklol gʻoyasi hamda demokratik jamiyat kurishning nazariy asoslari fanidan imtihon topshiruvchilar oliy maktablarda oʻqitiladigan klassik falsafa kurslaridan tashqari, zamonaviy falsafiy oqim hamda yoʻnalishlarning mohiyati aks etgan adabiyotlar bilan tanishishlari va shu asosda Nomzodlik minimumiga tayyorgarlik koʻrishlari kerak. Bu imtihon savollariga falsafa va demokratik jamiyat qurishning nazariy asoslari fanlari dasturlari tayanch boʻlib xizmat qiladi. Nomzodlik imtihoni mazmuni tegishli oliy maktab yoki i.t. muassasasi falsafa kafedrasi tomonidan belgilana-di va shu kafedra tomonidan tayyorlangan maxsus dastur asosida oʻtkaziladi.

Chet tili boʻyicha olinadigan nomzodlik imtixrnida daʼvogardan mutaxassisligiga doyr va biror ijtimoiysiyosiy mavzudagi matnni lugʻatsiz oʻqish, qayta soʻzlab berish, chet tilida oʻqilgan matn yuzasidan suhbatlashish qamda mutaxassislikka oid mavzuda suhbatlasha olish talab etiladi. Imtihon qajmi tegishli kafedra yoki sektor tomonidan daʼvogarning mutaxassisligiga qarab belgilanadi.

Inson intellektual faoliyatida kompyuter texnikasining tobora katta oʻrin tutib borayotganligi ilmiy daraja daʼvogarlarining kompyuterni egallashlarini shart qilib qoʻydi. Shuning uchun ham keyingi vaqtlarda kompyuter va hisoblash texnikasi fanidan Nomzodlik minimumi kiritildi. Bu imtihonda kompyuter va hisoblash texnikasi ishlash tamoyillarining nazariy ji-hatlari hamda amaliy koʻnikmalari, aspirant yoki tadqiqotchining oʻz muta-xassisligi boʻyicha izlanishlar olib borishida kompyuterdan foydalana olish malakasi tekshiriladi. Daʼvogarlardan kompyuterdan foydalanishning nazariy qoidalaridan tashqari amaliy malakaga ega boʻlish ham talab etiladi. Bu fandan olinadigan imti-hon mazmuni ham tegishli kafedra yoki sektor mutaxassislari tomonidan belgilanadi va muayyan dastur shakliga keltirilib, aspirant va tadqiqotchilarga yetkaziladi.

Mustakillik mafkurasi va demokratik jamiyat qurishning iqtisodiy, ijtimoiysiyosiy, maʼnaviy negizlari hamda ilmiy asoslari fanidan Nomzodlik minimumi topshirishda ijtimoiy-gumanitar fanlar yoʻnalishida dissertatsiya yozayotgan aspirant va tadqiqotchilardan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, maʼnaviy va mafkuraviy asoslarini puxta bilib olish talab etiladi.

Nomzodlik imtihonlari topshirilgan kundan eʼtiboran 5 yil mobaynida kuchga ega boʻladi. Agar dissertatsiya himoya kengashi tomonidan qabul qilib olingan vaqtda nomzodlik imtihonlaridan birortasining topshirilganiga 5 yildan oshib ketgan boʻlsa, u qayta topshirilishi lozim.

Aspiranturaga kirish vaqtida Nomzodlik minimumi topshirishni istagan shaxslar kirish imtihonlaridan ozod qilinadilar. Xususiy yoʻsinda Nomzodlik minimumi topshirgan kishilar qabul komissiyasi qarori bilan tegishli fanlardan kirish imtihonlaridan ozod qilinadilar va ularga Nomzodlik minimumida olgan baholari qoʻyib beriladi.

Aspiranturada sirtdan oʻqiyotgan shaxslarga Nomzodlik minimumilari topshirish hamda dissertatsiya yuzasidan tadqiqotlar olib borish uchun har yili ish haqi saqlangan holda bir oylik qoʻshimcha taʼtil beriladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil