Abdulla Qodiriy (film)
Abdulla Qodiriy filmi | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Umid Hamdamov |
Prodyuser(lar) | Anvar Madraimov |
Ssenariynavis(lar) |
|
Kinematografiya | Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi |
Operator(lar) |
|
Studiya(lar) | Cinerama Entertainment |
Chiqarilgan sanasi | 2021-yil 25-dekabr |
Davomiyligi | 45 daqiqa |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Til | oʻzbekcha |
Abdulla Qodiriy – oʻzbek rejissor iUmid Hamdamov tomonidan 2021-yilda suratga olingan film[1][2][3]. Film oʻzbek romanchiligining asoschisi, XX asrning yirik namoyondasi hamda taniqli oʻzbek jadidi Abdulla Qodiriy hayotini hikoya qiluvchi oʻzbek biografik hujjatli filmi. Film davomiyligi 45 daqiqani tashkil etadi. Film oʻzbek yozuvchi Farrux Jabborovning „Assalomu alaykum, dorning ogʻochi“ nomli essesi asosida suratga olingan.
Suratga olinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yilda „Adiblar xiyoboni“ majmuasiga tashrifi chogʻida, berilgan topshiriq yuzasidan „Xalq yuragi“ turkumi ostida suratga olishi boshlangan[4].
Film Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi, Toshkent davlat texnika universiteti hamda „Cinerama Entertainment“ studiyasi hamkorligida suratga olingan[5]. Suratga olish ishlari 2019-yil oxirida boshlangan. Filmda Qodiriyning 1926-yildan boshlab hayoti aks etadi.
Rollarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Erkin Bozorov – roviy
- Elyorbek Atabayev – Abdulla Qodiriy
- Poʻlat Normatov – Kalvak maxsum, Toshpoʻlat tajang
Fikrlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Oʻzbekiston yoshlari forumi – 2021“ doirasi filmning premyerasi oʻtkazilgan. Unda bir qator oʻzbek ziyolilari ishtirok etib, oʻz fikrlarini bildirishgan[6]:
Filologiya fanlari nomzodi Nazira Toshpoʻlatova
Taniqli publisistlar Farrux Jabborov va Iqbol Qo‘shshayevalar tomonidan yozilgan ssenariy publisistik ifodaning ustunligi, hayotiyligi va detallarga boyligi bilan tomoshabin eʼtiborini o‘ziga tortadi. Rejissyor Umid Hamdamov mehnati ham shunga yarasha bo‘lgan. Filmda Abdulla Qodiriy shaxsi, uning mashaqqatli hayoti, o‘sha davrning murakkab manzaralari, adib yaratgan asarlari, obrazlaridagi ishoralar orqali ochib berilgan.
Ijodkor Mehrinoz Abbosova:
So‘zni siyosatdan ustun qo‘ygan Abdulla Qodiriy shaxsiyati va ijodiga berilgan to‘g‘ri va xolis qarash uchun, bugungi kun ziyolilariga qaratilgan muhim xulosalar uchun ham film ijodkorlariga rahmat.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Abdulla Qodiriy“. https://ru.kinorium.com/.
- ↑ „“Assalom alaykum dorning ogʻochi” – har bir kadrini tushuntirish kerak bo’lgan “Abdulla Qodiriy” filmi saboqlari“. Oyina.uz.
- ↑ „Abdulla Qodiriy hayotining so‘nggi o‘n ikki yili haqida tarixiy film suratga olinadi“. Daryo.uz.
- ↑ „Abdulla Qodiriy haqida hujjatli fil`m suratga olindi“. Yuz.uz.
- ↑ „Abdulla Qodiriy haqida hujjatli film suratga olindi“. Darakchi.uz.
- ↑ „Yangi hujjatli-badiiy film premyerasi: Qodiriy fonida bir joyda depsinib qolgan, yo‘lsizlik kasali bilan og‘rigan jamiyat ko‘rsatib berilgan“. Oyina.uz.