Abdulhay al-Bagʻdxazarqandiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdulhay al-Bagʻdxazarqandiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti hijriy 421-yil
Kesh mozori
Dini Islom
Tanilgan sohasi hofiz

Abdulhay ibn Abdulloh ibn Muso ibn al-Husayn… as-Salomiy al-Bag‘dxazarqandiy (Abu Ruh) — hofiz bo‘lgan. Uning padari buzrukvori doimo shunday der edi: „O‘g‘limni al-Bag‘dxazarqandiy deyishlarining boisi shuki, uning otasi — Bag‘dodiy (bag‘dodlik), onasi — Xazariya (xazariyalik) bo‘lib, o‘zi esa Samarqandda tug‘ilgan“. U padari buzrukvori aytgan hadislarni tinglagan. Abdulhay al-Bagʻdxazarqandiy hijriy 421-yil safar oyining 9-sanasi Nasafda vafot etgan va ertasi kuni Keshdagi mozorga dafn qilingan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 26 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.