Abdinazar Nurmanov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdinazar Nurmanov
Tavalludi 20-yanvar 1962-yil (1962-01-20) (62 yosh)
Forish tumani, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Jizzax davlat pedagogika instituti
Taʼlimi Kursk davlat pedagogika instituti
Ilmiy darajasi pedagogika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Abdinazar Tashbayevich Nurmanov (1962-yil 20-yanvar, Forish tumani, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori, professor.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdinazar Nurmanov 1962-yil 20-yanvarda Forish tumani Gʻoʻrob qishlogʻida tugʻilgan. 1984-yilda Kursk davlat pedagogika institutini rus tili va adabiyoti mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan[1]. Mehnat faoliyatini 1984-yildan Forish tumanidagi 75-oʻrta maktabda rus tili va adabiyoti oʻqituvchisi lavozimidan boshlagan. 1987-yildan boshlab Jizzax davlat pedagogika institutida Rus tili va adabiyotini oʻqitish metodikasi kafedrasi oʻqituvchisi, 1989-yilda stajyor-tadqiqotchi, 1990—1993-yillarda Moskva pedagogika davlat universiteti Rus tilini oʻqitish metodikasi kafedrasi aspiranti, 1993—2005-yillarda Jizzax davlat pedagogika instituti Rus tili va uni oʻqitish metodikasi kafedrasi katta oʻqituvchisi, dotsenti, ilmiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari lavozimida ishlagan[1]. 2005—2007-yillarda Mintaqaviy tillar markazi direktori, Jizzax davlat pedagogika instituti tayyorlov boʻlimi boshligʻi, 2007—2008-yillar Oʻzbek filologiyasi fakulteti, 2009—2013-yillar Xorijiy tillar fakulteti dekani lavozimida ishlagan. 2014—2017-yillar Toshkent davlat pedagogika universiteti katta ilmiy xodimi, Rus tili va metodika kafedrasi dotsenti, Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi, Magistratura boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat olib borgan. 2020-yildan Jizzax davlat pedagogika instituti Rus tili va uni oʻqitish metodikasi kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda[1].

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oilali, 4 nafar farzandi bor.[1]

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1993-yilda Moskva davlat pedagogika universitetida „Функциональный подход к изучению глаголов движения русского языка в национальной (узбекской) школе“ mavzusida rus tilini oʻqitish metodikasi ixtisosligi boʻyicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 2017-yilda Toshkent davlat pedagogika universitetida „Педагогические возможности подготовки студентов к технологии и технике эффективного общения (на примере вне аудиторных занятие)“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 150 dan ortiq ilmiy-uslubiy maqolalar, 1 ta darslik, 4 ta monografiya, 5 ta uslubiy qoʻllanma, 4 ta oʻquv qoʻllanma muallifi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383 bet. 

Andoza:OʻTOE