Abbosbek Jumaqulov
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Abbosbek Jumaqulov Faxriddin oʻgʻli | ||
Tavallud sanasi | 1-iyun 1999-yil | ||
Tavallud joyi | Qashqadaryo Oʻzbekiston | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Bunyodkor-2 | ||
Raqami | 55 | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2018 | Dinamo | 2 | (0) |
2019 | Bunyodkor | 0 | (0) |
2020 | Buxoro | 6 | (0) |
2021—… | Bunyodkor-2 | 20 | (4) |
2022 | → Energetik-BGU | 6 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
Oʻzbekiston | |||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Abbosbek Jumaqulov Faxriddin oʻgʻli (1999-yil 1-iyun, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston) — oʻzbek futbolchisi, „Bunyodkor-2“ klubi yarim himoyachisi.
Futbolchilik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dinamo (Samarqand)
[tahrir | manbasini tahrirlash]2018-yilda Samarqandning „Dinamo“ jamoasida oʻynagan. Pro-ligada asosiy tarkibdagi debyutini 2018-yilning 21-iyun kuni „Mashal“ klubiga qarshi o‘tkazdi. U klubning asosiy tarkibida 2 ta oʻyin oʻtkazgan.[1]
Bunyodkor
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yilda „Bunyodkor“ klubining yoshlar jamoasida o‘ynagan.
Buxoro
[tahrir | manbasini tahrirlash]2020-yilda Oʻzbekiston Superligasida oʻynagan. U chempionatdagi debyutini 2020-yil 28-fevral kuni „Qo‘qon 1912“ klubiga qarshi o‘yinda o‘tkazdi. U klub safida 6 ta oʻyin oʻtkazgan va oʻyinlar oxirida zaxiradan maydonga tushgan. U maydonga oʻng qanot himoyachisi va qanot himoyachisi sifatida kirdi.[2]
Bunyodkor-2
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-yilda Birinchi ligada oʻynaydigan „Bunyodkor-2“ farm klubiga yoʻl oldi. U klubdagi debyutini 2021-yil 11-aprel kuni „Lokomotiv“ BFK klubiga qarshi o‘yinda o‘tkazdi va o‘yinning 32-daqiqasida penaltidan o‘zining birinchi golini kiritdi. Jamoaning asosiy oʻyinchisiga aylandi. Debyut mavsumida u 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urgan.[3]
Energetik-BGU
[tahrir | manbasini tahrirlash]2022-yilning mart oyida u Belarusning Energetik-BGU klubiga ijaraga oʻtdi. U 2022-yil 29-may kuni Premer-ligada „Slaviya Mozir“ga qarshi o‘yinda klub safida debyut qildi, 82-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va 84-daqiqada Mozir klubining jarima maydonchasida qoidabuzarlik ishladi. shundan soʻng uning jamoadoshi Abduqodir Xusanov penaltini aniq amalga oshirdi. 2022-yil iyul oyi oxirida u klubni tark etdi.[4][5]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Машъал vs. Динамо“ (ru). pfl.uz (2018-yil 21-iyun).
- ↑ „FK Kokand 1912 vs. FK Buxoro“ (en). transfermarkt.com (2020-yil 28-fevral). 2022-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-may.
- ↑ „Бунёдкор-Фарм vs. Лoкомотив-БФК“ (ru). pfl.uz (2021-yil 11-aprel).
- ↑ „Аббосбек Джумакулов в «Энергетике»-БГУ“ (ru). energetikbgu.by (2022-yil 23-mart).[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Узбекский хавбек Жумакулов покинул "Энергетик-БГУ"“ (ru). football.by (2022-yil 30-iyul).
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1-iyunda tugʻilganlar
- 1999-yilda tugʻilganlar
- Qashqadaryoda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Qashqadaryo viloyati kishilari
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- Dinamo Samarqand futbolchilari
- Buxoro klubi futbolchilari
- Bunyodkor klubi futbolchilari
- Bunyodkor-2 klubi futbolchilari
- FC Energetik-BGU Minsk klubi futbolchilari
- Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari
- Belarus Premyer-ligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston Birinchi ligasi futbolchilari