Abadiyat qonuni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abadiyat qonuni
Asl nomi მარადისობის კანონი
Muallif(lar) Nodar Dumbadze
Mamlakat Gruziya
Til Gruzin
Janr(lar)i roman
Nashriyot Sharq NMAK bosh tahririyati
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi
  • 1983-yil
  • 2011-yil (Sharq NMAK)
  • 2014-yil (Sharq NMAK)
Sahifalar soni
  • 212-bet (2011)
  • 463-bet (2014, hikoyalar bilan)
ISBN ISBN 978-9943-00-935-6

Abadiyat qonuni (gruzincha: მარადისობის კანონი) — 1978-yilda gruzin yozuvchisi Nodar Dumbadze tomonidan yozilgan roman. Abadiyat qonuni romani nafaqat Gruziyaning oʻzida, balki koʻplab boshqa yurtlarda ham izlab topib oʻqiladigan asarlar qatoridan joy olgan.1983-yilda oʻzbek tiliga tarjima qilinib 30 000 nusxada nashr etilgan. Keyinchalik 2011 — 2014-yillarda Sharq NMAK tomindan hikoyalar bilan birga 463 betli qattiq muqovada qayta nashr etilgan.

Roman qahramoni yozuvchi Bachana Ramishvili yurak xurujidan soʻng kasalxonaga tushadi. Kasalxonada u butun hayotini birma bir eslaydi va abadiyat qonunini kashf etadi.

Sujet[tahrir | manbasini tahrirlash]

Romanda insonning hayotdagi oʻrni, undan talab etiladigan fidoyilik, halollik, vijdonlilik, adolatparvarlik xususiyatlari toʻgʻrisida keng mushohada yuritilgan. Adibning aksariyat asarlaridagi voqea, hodisalar insonlar taqdiri oʻzining oʻtkir dramatizmi bilan birga samimiy yumori bilan ham oʻquvchi yodida uzoq saqlanib qoladi. Ushbu asarda ham voqealar keskin rivojlanadi. Bosh qahramon Bachana Ramishvili haqiqiy maʼnodagi sodda va samimiy yozuvchi obrazida tasvirlangan. U taʼmagirlarni va poraxoʻrlarni yomon koʻradi. Asarda mehr-oqibat, muhabbat, nafrat, shodlik, hayo va or-nomus tushunchalari uygʻunlashtirilgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]