A Beautiful Mind

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
A Beautiful Mind
Muallif(lar) Sylvia Nazar
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Janr(lar)i biografik roman
Sahifalar soni 460 bet
ISBN ISBN 0-684-81906-6

A Beautiful Mind (Goʻzal idrok) — 1998-yilda Sylvia Nazar tomonidan yozilgan, Nobel mukofoti laureati John Forbes Nash hayotiga bagʻishlangan biografik roman. Nazarning ushbu asari 1998-yilda National Book Critics Circle Award mukofoti qoʻlga kiritdi va Pulitzer mukofotiga nomzod boʻldi. 2001-yilda roman asosida Ron Howard tomonidan Tafakkur oʻyinlari filmini suratga olingan.[1]

Sujet[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kitobda Nashning bolaligi, Prinston va MITdagi ishlari, RAND korporatsiyasidagi faoliyati, oilasi va shizofreniya bilan kurashlari yoritilgan.

Kitob 1994-yilda Nashga Iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofotini topshirishi bilan tugaydi. Kitobda Nash hayotining koʻp qirralari, shu jumladan uning matematik dahosi tabiati batafsil tavsiflangan, uning shaxsiyati va motivatsiyasi batafsil oʻrganilgan.

Qabul qilinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Roman 1998-yilda National Book Critics Circle Award mukfotifa loyiq koʻrildi. Tarjimai holi uchun Pulitzer mukofoti va Rhône-Poulenc mukofotiga nomzod boʻldi. 1999-yilda New-York Timesning Biografiya uchun eng yaxshi bestsellerlar roʻyxatiga qoʻshildi.[2][3]

Tanqid[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kitobda qoʻyilgan axloqiy masalalar, ruxsatsiz biografiya va mavzu yuzasidan hamkorlik qilmasdan yozilgani keskin tanqid qilingan.

Moslashtirish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kitob asosida Ron Howard tomonidan suratga olingan va bosh rollarni Russel Krou va Jenifer Konneli ijro etgan „Ajoyib aql“ filmi yuqori baholandi va koʻplab mukofotlarga sazovor boʻldi. Jumladan Eng yaxshi film uchun va eng yaxshi moslashtirilgan Ssenariy uchun Oscar mukfotiga loyiq koʻrilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]