3OH!3

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
3OH!3
Umumiy maʼlumot
Kelib chiqishi Boulder, Kolorado
Mamlakat  Amerika Qoʻshma Shtatlari
Faoliyat yillari 2004-yil — hozirgi vaqtgacha
Janr hip-hop
synth-pop
elektronik-rok
rap-rock
krankkor
Leybl Photo Finish
Tarkib Nataniel Mott
Shon Forman
Vebsayt www.3oh3.com

3OH!3 (talaffuzi three-oh-three) — Kolorado shtatining Boulder shahridan ikki aʼzo: Shon Forman va Nataniel Mottdan iborat amerikalik elektropop dueti boʻlib. Guruh nomi ular yashayotgan hududning kodini bildiradi (303). Bu duet " Want " albomidagi " Donʼt Trust Me " qoʻshigʻi bilan mashhur boʻlgan va Billboard Hot 100 chartida yettinchi oʻrinni egallagan. Ularning ikkinchi singli, Keti Perri bilan " Starstrukk " ning remiksi Buyuk Britaniya, Irlandiya, Finlandiya, Polsha va Avstraliyada[1] birinchi oʻntalikka kirgan. Ular Kesha bilan birgalikda Billboard Hot 100 chartida 9-oʻrinni egallagan Streets Of Gold albomidan " My First Kiss " qoʻshigʻini yozganlarida koʻproq eʼtirofga sazovor boʻldilar.

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Albomning shakllanishi va debyuti (2004-2007)[tahrir | manbasini tahrirlash]

3OH!3 2004-yilda tashkil etilgan va Denver shahri hududiga, xususan, aʼzolar tugʻilgan Boulder shahriga tayinlangan hudud kodi (303) sharafiga nomlangan. Shon Forman va Nataniel Mott Kolorado universitetida fizika kurslarida uchrashishgan. 2007-yil 2-iyulda guruh oʻzining birinchi 3OH!3 albomini chiqardi, undan bitta qoʻshiq „Electroshock“ singl sifatida chiqdi.

Want (2008-2009)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikkinchi albom 3OH!3 Want 2008-yil 8-iyulda chiqdi va Billboard 200 roʻyxatida 44-oʻrinni egalladi. Qoʻshiq matni turli tanqidlarga uchragan va misoginiyada ayblovlarga sabab boʻlgan " Donʼt Trust Me " singli Billboard Hot 100 chartida yettinchi oʻrinni egalladi. 2009-yil 8-sentabrda guruh Keti Perri bilan yozilgan ikkinchi singli " Starstrukk " remiksini chiqardi, u Buyuk Britaniya, Avstraliya, Irlandiya, Belgiya, Finlandiya va Polshada kuchli oʻntalikka kirgan. Shuningdek, Streets of Gold albomi chiqarilishidan oldin Kesha bilan birga yozilgan " Blah Blah Blah " singli chiqdi va Billboard jurnali chartida[2] oʻn birinchi oʻrinni egalladi.

Streets of Gold (2009 — 2012)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yil[3] 29-iyunda guruhning uchinchi studiyaviy " Streets of Gold " albomi chiqdi, uning birinchi singli " My First Kiss " Kesha bilan birga yozilgan. 2010-yil 8-dekabrda " Hit It Again " singli 20-dekabrda chiqishi eʼlon qilindi. 2011-yil 20-yanvarda Streets of the Gold albomidan " Touchinʼ on My " qoʻshigʻiga klip chiqdi.

Omens (2012-yildan beri)[tahrir | manbasini tahrirlash]

20-fevral kuni Nataniel Mott guruh " Omens " nomli toʻrtinchi studiyaviy albomi ustida ish boshlaganini eʼlon qildi. 2012-yilning qishida 3OH!3 guruhi Bang Bang, Dirty Mind va Set You Free qoʻshiqlarini chiqardi. Oʻsha yilning yozida 3OH!3 Do or Die va You’re Gonna Love This qoʻshiqlarini chiqardi. Albomning chiqish sanasi 2013-yil 18-iyunga belgilangan edi.

Diskografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Video kliplar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2007 — „Electroshock“
  • 2007 — „Holler Till You Pass Out“
  • 2009 — „Donʼt Trust Me
  • 2009 — „Hey“ (Lil Jon bilan birga)
  • 2009 — „Starstrukk(Katy Perry bilan birga)
  • 2010 — „Blah Blah Blah(Kesha bilan birga)
  • 2010 — „House Party“
  • 2010 — „My First Kiss(Kesha bilan birga)
  • 2010 — „Double Vision“
  • 2010 — „Touchinʼ on My“
  • 2011 — „Robot“
  • 2012 — „You’re Gonna Love This“
  • 2013 — „Back to life“
  • 2015 — „My Dick“
  • 2016 — „Mad At You“
  • 2016 — „Hear Me Now“
  • 2016 — „Freak Your Mind“

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „3OH!3 feat Katy Perry – Starstrukk“ (2010-yil 4-aprel). 2017-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 13-may.
  2. „3OH!3 HITS No. 1 AT TOP 40 RADIO NATIONWIDE“. Atlantic Records. 2010-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 31-avgust.
  3. „ClichéMagazine | Issue 03“. Clichemag.com. 2010-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 31-avgust.