Kesha

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kesha

Kesha 2019-yilgi American Music Awards taqdirlash marosimida
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Kesha Rose Sebert
1-mart 1987-yil (1987-03-01) (37 yosh)
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Kasbi
Leybl RCA Records, Kemosabe Records
Ota-onasi Pebe Sebert (onasi)
Janr
Hamkorligi
Faoliyat yillari 2005 – hozirgacha
Veb-sayt keshaofficial.com
Imzosi

Kesha Rose Sebert (talaffuzi: Kesha Rouz Sobert; 1-mart 1987-yilda tugʻilgan)[1] amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavisdir.[2] 2005-yili 18 yoshida Kesha Kemosabe Records studiyasi bilan shartnoma imzoladi.[3] 2009-yilda u amerikalik rapper Flo Rida bilan birgalikda ijro etgan „Right Round“ ashulasi ortidan shuhrat qozondi.[4]

Keshaning Animal (2010) va Rainbow (2017) nomli albomlari Billboard 200 chartida birinchi oʻrinni band etdi, Warrior (2012) va High Road (2020) albomlari esa yuqori oʻntalikdan oʻrin oldi. Keshaning koʻplab qoʻshiqlari Billboard Hot 100 chartida yuqori oʻntalikka kirishga muvaffaq boʻlib, ular quyidagilardir: „Tik Tok“, „Blah Blah Blah“, „Your Love Is My Drug“, „Take It Off“, „Blow“, „Die Young“, „My First Kiss“ (3OH!3 bilan birga ijro etgan), „We R Who We R“, „Right Round“ (Flo Rida bilan birga ijro etgan) va „Timber“ (Pitbull bilan birga ijro etgan). Uning 2009-yilda chiqarilgan „Tik Tok“ singli umumjahon boʻylab 14 milliondan oshiq marta yuklab olinib,[5] tarixda eng koʻp sotilgan raqamli singl boʻldi.[6]

Kesha faoliyatini 2012- va 2017-yillar oraligʻida sobiq produseri Dr. Luke bilan boʻlgan mojaro ortidan toʻxtatdi. Kesha v. Dr. Luke („Kesha Dr. Lukega qarshi“) nomi bilan tanilgan bir qator suddagi tortishuvlarda Kesha Dr. Lukeni unga nisbatan fiziologik va ruhan tajovuz qilganlikda aybladi, Dr. Luke esa uni shartnoma kelishuvlarini buzishda va boʻhton qilishda aybladi.[7][8]

2013-yilga kelib, Kesha umumjahon boʻylab 55 milliondan oshiq (AQShning oʻzida 33 milliondan oshiq) trek va ringtonlarini sotdi.[9] U, shuningdek, Billboardning yil soʻngidagi oʻnyillik chartlarida (2010-2019) 26-oʻrinni egalladi.[10] U koʻplab yutuq va nomzodliklarga, jumladan 2010-yili MTV Europe Music Awardga sazovor boʻldi.[11] Shuningdek, Kesha qoʻshiqnavis oʻlaroq Britney Spears, Ariana Grande, Miley Cyrus va Miranda Cosgrove kabi xonandalar ijrosidagi qoʻshiqlar matnini yozishda qatnashgandir.

Kesha 2010-yilda
Kesha Billboard Music Awards taqdirlash marosimida (2018)

Diskografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tunelari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Get Sleazy Tour (2011)
  • Warrior Tour (2013–2015)
  • Kesha and the Creepies: Fuck the World Tour (2016–2017)
  • Rainbow Tour (2017–2019)
  • High Road Tour (bekor qilingan)
  • Kesha Live (2021)

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Bravo Supershow (2007)
  • Final Flesh (2009)
  • Walt Disney's Princess Ke$ha (2011)
  • Katy Perry: Part of Me (2012)
  • Jem and the Holograms (2015)
  • A Ghost Story (2017)
  • Rainbow: The Film (2018)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Hatschek, Keith; Wells, Veronica A.. Historical Dictionary of the American Music Industry (en). Rowman & Littlefield, 15-sentabr 2018-yil — 167 bet. ISBN 978-1-5381-1144-4. 
  2. „Kesha | Biography & History“ (en). AllMusic. Qaraldi: 25-iyun 2020-yil.
  3. Werde, Bill „Kesha: The Billboard Cover Story“. Billboard (19-fevral 2010-yil). Qaraldi: 28-fevral 2010-yil.
  4. Gordon, Sandra „Breaking & Entering: Kesha“. Billboard (25-noyabr 2009-yil). Qaraldi: 26-noyabr 2009-yil.
  5. Horowitz, Steven „Ke$ha's 'Warrior': The Billboard Cover Story“. Billboard (14-sentabr 2009-yil). Qaraldi: 11-fevral 2020-yil.
  6. „Ke$ha's 'Warrior': The Billboard Cover Story“. Billboard. 15–oktabr 2012–yil. Qaraldi: 29–yanvar 2021–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  7. Ross, Barbara „Kesha sobs as judge refuses to cancel contract with producer Dr. Luke who allegedly raped her in 2006“. Daily News (20-fevral 2016-yil).
  8. Goldstein, Jessica „Judge Rejects All Of Kesha's Claims Against Dr. Luke“. ThinkProgress. 12-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-sentabr 2017-yil.
  9. „International Music Superstar Pitbull To Host The 2013 American Music Awards on Sunday, November 24th at 8 p.m. ETPT on ABC“. UBM pic. PR Newswire (5-noyabr 2013-yil), s. 1. Qaraldi: 3-dekabr 2013-yil.
  10. „Billboard's Top Artists of the 2010s“. Billboard. Qaraldi: 16–noyabr 2019–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  11. Montgomery, James. „Ke$ha Says EMA Is 'The First Thing I've Ever Won'“. MTV (MTV Networks) (8-noyabr 2010-yil). Qaraldi: 7-dekabr 2010-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]