Kontent qismiga oʻtish

30-fevral

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
1712-yil fevral uchun shved taqvimi

30-fevral — kalendar sanasi. Grigorian taqvimida fevralda 28 kun (kabisa yilida 29 kun) bor. Shvetsiyada istisno tariqasida, 1712-yilda taqvimni toʻgʻrilash uchun fevral oyida 29-dan tashqari, 30-fevral ham mavjud boʻlgan.

1712-yil 30-fevral Shvetsiyada

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1699-yilda Shvetsiya Qirolligi (oʻsha paytda Finlandiyani ham oʻz ichiga olgan) Yulian taqvimidan Grigorianga oʻtishga qaror qilgan. Biroq, shvedlar taqvimi boʻyicha oʻsha vaqtga kelib Grigorina kalendari bilan 11 kunlik far mavjud edi. Bu farqni 40 yil davomida kabisa yillarini oʻtkazib yuborgan holda tenglashtirishni bosqichma-bosqich amalga oshirishga qaror qilishgan, yaʼni 28-fevraldan keyingi bu yillar davomida 1-martga oʻtilishi kerak edi. 4 yil davomida ular bir kun Grigorian kalendariga yaqinlashdilar. Shunday qilib, 1700-yil Shvetsiyada oddiy yil edi. Biroq, qabul qilingan rejaga qaramay, 1704 va 1708-yillar kabisa yillari boʻlgan. Shu sababli, 11 yil davomida Shvetsiya taqvimi Yulian taqvimidan bir kun oldinda, lekin Grigoriandan oʻn kun orqada edi. 1711-yilda qirol Charlz XII taqvim islohotidan voz kechib, Yulian kalendariga qaytishga qaror qilgan. Buning uchun 1712-yil fevral oyida ikki kun qoʻshilgan va shuning uchun Shvetsiyada 1712-yilda fevral oyi 30 kunlik boʻlgan. Shvetsiya nihoyat 1753-yilda barcha mamlakatlar uchun odatiy tarzda Grigorian taqvimiga oʻtgan.

SSSRda 1930 va 1931-yillar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1929-yilda SSSRda Sovet inqilobiy kalendarini joriy etish taklif qilingan, unda har hafta besh kun va har oy 30 kun yoki aniq olti hafta davom etishi belgilangan edi. Ortib qolgan 5 yoki 6 kun bayramlar deb atalgan.

Sovet inqilobiy taqvimi haqiqatan ham 1930 va 1931-yillarda ishlatilgan, ammo bu taqvimda 30-fevral yoʻq edi.

Har oy oʻttiz kundan iborat boʻlishi kerakligiga asoslanib, baʼzi manbalar 30-fevral Sovet Ittifoqida goʻyoki 1930 va 1931-yillarda mavjud boʻlgan degan xulosaga kelishgan. Aslida esa, bu taklif rad etilgan[1].

  • Nikolay Gogol : „30-fevral“ („Zapiski sumasshedshogo“).
  • George Bush : „Bu byudjet raqamlari nafaqat hisob-kitoblar, balki ular 30-fevralda yakunlangan moliya yilining haqiqiy natijalaridir“[2] (inglizcha: These budget numbers are not just estimates, these are the actual results for the fiscal year that ended February the 30th)
  • Igor Guberman : „Xudoning hisobiga koʻra, spiralimning qanday yonishini bilmayman, lekin men oʻlim kuni sifatida oʻttizinchi fevralni tanlagan boʻlardim“[3].
  1. R. W. Davies, The Soviet economy in turmoil, 1929—1930 (Cambridge, Massachusetts: Cambridge University Press, 1989) 84—86, 143—144, 252—256, 469, 544.
  2. „Афоризмы Дж. Буша“. 23-avgust 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-sentabr 2009-yil.
  3. Zakatnie gariki. Chast 4.