Kontent qismiga oʻtish

2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Amerikaning Virgin orollari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Virgin Islands
2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida

Amerikaning Virgin orollari bayrogʻi
IOC code ISV
NOC Virgin orollari olimpiya qoʻmitasi
Website virginislandsolympics.com
Beijing
Competitors 7 in 5 sports
Flag bearer Joshua Laban
Medals
Oltin
0
Kumush
0
Bronza
0
Jami
0
Yozgi Olimpiada oʻyinlari appearances
auto

Amerikaning Virgin orollari 2008-yilning 8–24-avgust kunlari Xitoyning Pekin shahrida oʻtkazilgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan. Ushbu Olimpida oʻyinlariga Virgin orollaridan 23 kishidan iborat sportchilar delegatsiyasi tashrif buyurgan boʻlib, bu ularning Olimpiada oʻyinlaridagi umumiy hisobda oʻn beshinchi, Yozgi Olimpiada oʻyinlarida esa oʻninchi ishtiroki boʻlgan. Virgin orollari nomidan jami yetti nafar sportchi musobaqa medallari uchun oʻyin olib borgan (yengil atletika boʻyicha Tabarie Henry va LaVerne Jones-Ferrete, boks boʻyicha John va Julius Jackson, yelkanli qayiqda suzish boʻyicha Thomas Barrows III, oʻq otish sporti boʻyicha Ned Gerard va suzish boʻyicha Josh Laban). Ulardan John Jackson va Tabarie Henrylar musobaqaning dastlabki turlaridan oʻtib, keyingi bosqichlarga yoʻllanma olishga muvaffaq boʻlishgan. Shuningdek, Tabarie Henry yengil atletika boʻyicha oʻyinlarning yarim finaliga qadar yetib borgan. Biroq ushbu Yozgi Olimpiada oʻyinlaridan Amerikaning Virgin orollari sportchilari yurtlariga musobaqa medallarisiz qaytishgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Olimpiada tarixi davomida Amerikaning Virgin orollari Pekindagi 2008-yilgi Olimpiada oʻyinlari bilan birga jami oʻn besh marotaba ushbu musobaqalarda ishtirok etgan. 1968-yilda Meksika shahrida oʻtkazilgan Olimpiya oʻyinlaridan boshlab 1980-yilgi Moskva oʻyinlarini istisno qilgan holda ushbu orol sportchilari barcha Olimpiadalarda ishtirok etib kelishgan. Virgin orollari sportchilari orasida 1976-yilgi Monrealdagi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida ilk marotaba ayollar ham ishtirok etgan, shundan keyin orollik ayol sportchilar keyingi Olimpiadalardagi ishtiroklarini davom ettirishgan. Atlantada oʻtkazilgan 1996-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida delegatsiyaning ayol vakillari eng yuqori koʻrsatkichni qayd etishgan[1]. Virgin orollaridan 1972-yilgi Olimpiadada jami 16 nafar, 1992-yilda 25 nafar hamda 1984-yil Los-Anjelesda oʻtkazilgan Yozgi Olimpiya oʻyinlarida 29 nafar sportchi Olimpiada medallari uchun raqobat olib borishgan. Bu esa Virgin orollari tarixidagi eng yuqori koʻrsatkich hisoblanadi. 1996-yildan keyin orollik sportchilar jamoasi 15 yoki undan kamroq boʻlgan tarkibda musobaqalarga tashrif buyurishgan[1].

Amerikaning Virgin orollari sportchilari Pekinda oʻtkazilgan Yozgi Olimpiada oʻyinlariga qadar faqat bir marotaba musobaqa sovrindorlari qatoridan joy olishga muvaffaq boʻlishgan. Bu natija 1988-yilgi Seulda oʻtkazilgan Yozgi Olimpiya oʻyinlari davomida Peter Holmberg tomonidan qoʻlga kiritilgan kumush medal hisoblangan. Pekin Olimpiadasida Virgin orollaridan jami beshta sport turi boʻyicha besh nafar erkak hamda bir nafar ayol sportchi ishtirok etgan. Biroq musobaqa davomida orol sportchilari birorta ham medalni qoʻlga kirita olishmagan, ammo shunday boʻlsa-da, boks boʻyicha John Jackson[2] va yuguruvchi Tabarie Henry dastlabki raundlardan oʻtishga muvaffaq boʻlishgan. Sportchi Josh Laban esa marosimlarda millat bayrogini koʻtarib chiqqan.

Virgin orollari sportchilarining Pekin Olimpiadasiga tashrif buyurgan delegatsiyasi tarkibida besh nafar rahbar shaxslar (shuningdek,Virgin Orollari Olimpiya qoʻmitasi prezidenti Hans Lawaetz), yetti nafar sportchi, toʻqqiz nafar yordamchi xodimlar (murabbiylar va boshqalar) hamda ikkita yoshlar lageri sportchilari boʻlishgan. Delegatsiya tarkibida umumiy 23 kishi 2008-yilgi Pekin Yozgi Olimpiada oʻyinlariga tashrif buyurgan[3].

Yengil atletika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pekin milliy stadioni, Virgin orollaridan Tabarie Henry ushbu stadionda oʻtkazilgan yengil atletika musobaqalarida ishtirok etgan.

Erkaklar oʻrtasidagi bahslar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kansan Barton okrugi jamoat kollejining oʻsha paytdagi talabasi Tabarie Henry 400 metrga yugurish bahslari boʻyicha 2008-yilgi Pekin Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan. Aprel oyida Arkanzas shtatining Fayetteville shahridagi John McDonnell Invitational musobaqasida Henry 400 metrlik masofani 45,42 soniyada bosib oʻtgan. Sportchi tomonidan koʻrsatilgan ushbu natija Olimpiadaning A standartiga toʻgʻri kelgan va musobaqa tarixida tezlik boʻyicha 15-oʻrinni, aynan oʻsha yilgi koʻrsatkichlarga koʻra esa butun dunyo boʻyicha 10-oʻrinni qayd etgan[4]. Tabarie Henryning Pekin Olimpiadasidagi ishtiroki uning ushbu musobaqalardagi debyuti boʻlgan[5][6]. Sportchi 2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining 17-avgust kuni oʻzining birinchi bosqichidagi ilk ishtirokini boshlagan. Yugurish maydonchasining 7-yoʻlagidan oʻrin olgan Tabarie Henry bundan oldingi musobaqaning kumush medali sovrindori Jeremy Wariner va belgiyalik sportchi Cedric van Branteghemlar bilan birgalikda bahs boylagan. Yugurish soʻngida sportchi 45.36 soniya natija koʻrsatgan holda sakkiz nafar yuguruvchilar orasida ikkinchi oʻrinni egallagan. Tabarie Henry oʻshanda Jeremy Warinerdan 0,13 soniyaga ortda qolgan boʻlsa, Brateghemdan 0,18 soniyaga tezroq natija qay etgan[7]. Umumiy hisobda sportchi birinchi bosqichda kosta-rikalik yengil atletikachi Nery Brenes bilan bir xil natija koʻrsatgan holda 56 nafar sportchi orasida 18-oʻrinni egallagan va yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan.

19-avgust kuni boʻlib oʻtgan yarim final bahslarida Henry 1-yugurish yoʻlagida yana bir bor Wariner, shuningdek, Bagama orollari vakili Brenes va Kristofer Braunlar bilan bahs olib borgan holda 45.19 soniya natijani qayd etgan va sakkiz sportchi orasida yettinchi oʻrinni egallagan. Sportchi kubalik yuguruvchi Wiliams Collazodan (6-oʻrin) 0,13 soniyaga ortda qolgan boʻlsa, italiyalik Claudio Licciardellodan (8-oʻrin) 0,45 soniyaga oldinga chiqqan. Umumiy hisobda Tabarie Henry ushbu bosqichda 24 nafar sportchi orasida 17-oʻrinni egallagan va 21-avgust kuni oʻtkaziladigan final bahslariga chiqa olmagan.

Ayollar oʻrtasidagi bahslar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amerikaning Virgin orollari nomidan Pekin Olimpiadasiga tashrif buyurgan yagona ayol sportchi LaVerne Jones-Ferrette yengil atletikaning 100 va 200 metrga yugurish bahslarida ishtirok etgan. Uning Pekin Olimpiadasidagi ishtiroki sport faoliyati davomidagi ikkinchi Olimpiada oʻyinlari boʻlgan, sportchi bundan oldin Afinada oʻtkazilgan 2004-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida 100 va 200 metrga yugurish bahslarida ham ishtirok etgan edi[8].

Jones-Ferrettening 100 metrga yugurish bahslaridagi ishtiroki 15-avgust kuni boshlangan. Sportchi yugurish maydonchasining 1-yoʻlagida bahslarini boshlagan va yakunda 11,41 soniyalik natija bilan yamaykalik Kerron Stewart (1-oʻrin) va norvegiyalik Ezinne Okparaebodan (2-oʻrin) keyin uchinchi oʻrinni egallagan. Norvegiyalik sportchi Jones-Ferettedan 0,09 soniya tezroq natija koʻrishga muvaffaq boʻlgan. Gaitilik Barbara Pierre esa 0,09 soniya sekinroq yugurgan holda Jones-Ferettedan ortda qolgan. Virgin orollaridan tashrif buyurgan yengil atletikachi birinchi bosqichda 85 sportchi orasida 20-oʻrinni egallagan va ikkinchi bosqichga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan[9]. Keyinchalik ikkinchi bosqichda ham yugurish maydonchasining 1-yoʻlagidan joy olgan va 100 metrlik bahslarda 11.55 soniya natija bilan sakkiz sportchi orasida beshinchi oʻrinni egallagan holda tadbirni yakunlagan. Jones-Ferrette oʻsha bahslarda sportchi Virgil Hodgedan 0,1 soniyaga ortda qolgan boʻlsa, kamerunlik Myriam Leonie Manidan 0,1 soniya tezroq natija koʻrsatgan. Umumiy hisobda Jones-Ferrette ukrainalik Natalia Pogrebniak bilan bir xil natija qayd etgan holda 40 nafar sportchi orasida 29-oʻrinni egallagan.

LaVerne Jones-Ferrette 18-avgust kuni oʻtkazilgan 200 metga yugurish bahslarida ham ishtirok etgan va 23.12 soniya natija bilan musobaqani yakunlagan. Oʻshanda sportchi yugurish maydonchasining 6-yoʻlagidan joy olgan. Umumiy hisobda sakkiz sportchi orasida toʻrtinchi oʻrinni egallagan. Jones-Ferrette kubalik yuguruvchi Roxana Diazdan 0,04 soniyaga ortda qolgan boʻlsa, braziliyalik Evelyn Santosdan 0,20 soniyaga oldinda yugurgan va 48 sportchi orasida umumiy reytingda 16-oʻrinni egallagan. Sportchi 19-avgust kuni oʻtkazilgan ikkinchi bosqich oʻyinlari uchun maydonga tushgan va yamaykalik Veronica Campbell va Kayman orollaridan tashrif buyurgan Cydonie Mothersillni kabi sportchilarga qarshi 1-yoʻlakda bahslarini boshlagan hamda 23,37 soniya natija bilan sakkizinchi oʻrinni egallagan. Umumiy hisobda LaVerne Jones-Ferrette ikkinchi bosqichda 32 nafar sportchi orasida 24-oʻrinni egallagana, biroq keyingi yarim final bosqichiga chiqa olmagan[10].

Umumiy reyting[tahrir | manbasini tahrirlash]

Erkaklar:

Sportchi Tadbir Dastlabki bosqich Yarim final Final
Natija Daraja Natija Daraja Natija Daraja
Tabarie Henry 400 m 45,36 MR 2 S 45.19 MR 7 ishtirok etmagan

Ayollar:

Sportchi Tadbir Dastlabki bosqich Chorak final Yarim final Final
Natija Daraja Natija Daraja Natija Daraja Natija Daraja
LaVerne Jones-Ferrette 100 m 11.41 3 S 11.55 5 ishtirok etmagan
200 m 23.12 4 S 23.37 7 ishtirok etmagan

Kalit soʻzlar:

  • Eslatma – Trek musobaqalarida berilgan darajalar faqat sportchining poygasiga taalluqli.
  • K = Keyingi bosqichga oʻtish huquqiga ega.
  • k = Keyingi bosqichda imkoniyatni boy bergan sportchilar orasidagi eng yuqori natijani qayd etgan sportchi.
  • MR = Milliy rekord.
  • N/A = Raund tadbir uchun qoʻllanilmaydi.
  • Yakun = Sportchi raundda qatnashishi shart emas.

Boks[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pekin Olimpiada oʻyinlari boks ringi

Virgin orollaridan tashrif buyurgan delegatsiya vakillari orasida ikki nafar sportchi boks boʻyicha Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan. Bokschi John Jackson Amerika Qoʻshma Shtatlarida boʻlib oʻtgan birinchi saralash turnirida ishtirok etgan holda Olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan boʻlsa, uning akasi Julius Jackson ikkinchi saralash bahslarida yoʻllanmaga ega chiqqan. Oʻshanda Pekin Yozgi Olimpiada oʻyinlari har ikkala aka-uka sportchilar uchun debyut Olimpiada hisoblangan[11]. Virgin orollarining har ikkala bokschilari ham Olimpiadadan medalsiz qaytgan boʻlishsa-da, John Jackson dastlabki bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan holda keyin bosqichga yaʼni 1/8 finalga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan.

Sportchi Tadbir 32-tur 16-tur Chorak final Yarim final Final
Natija Natija Natija Natija Natija Daraja
John Jackson Yarim oʻrta vazn  Mahamed Nurudzinau (BLR)
W 4–2
 Kim Jung-Joo (KOR)
L 0–10
keyingi bosqichga oʻta olmagan
Julius Jackson Yengil ogʻir vazn  Kenny Egan (IRL)
L 2–22
keyingi bosqichga oʻta olmagan

Yelkanli qayiqda suzish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yale universiteti talabasi[12] Thomas Barrows III yelkanli qayiqda suzish sporti boʻyicha 2008-yilgi Pekin Olimpiadasida Virgin orollari nomidan ishtirok etgan yagona sportchi boʻlgan. Ushbu Olimpiada uning sportchilik faoliyati davomidagi ilk ishtiroki edi. Sportchi oʻnta poygadan iborat boʻlgan, jami 43 nafar sportchi ishtirok etishi belgilangan erkaklar oʻrtasida lazer toifasiga mansub bahslarda ishtirok etgan. Birinchi poyga bahslarida Barrows 20, ikkinchi poygada 28, uchinchida 20, toʻrtinchida 24, beshinchida 26, oltinchida 31, yettinchida 15, sakkizinchida 10 (oʻzining eng yuqori koʻrsatkichi) va toʻqqizinchi poyga bahslarida 21-oʻrinda marra chizigini bosib oʻtgan. Sportchi navbatdagi oʻninchi poyga bahslarini yakuniga yetkazmay toʻxtatgan. Umumiy hisobda Thomas Barrows jami 195 ochko toʻplashga muvaffaq boʻlgan boʻlsa-da, yakunda 164 aniq ochko bilan oʻyinlarni yakunlagan va tadbirda 21-oʻrinni egallagan[13][14].

Erkaklar:
Sportchi Tadbir Poyga Net ball Yakuniy daraja
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 Medallar reytingi
Thomas Barrows III Lazer 20 28 20 24 26 31 15 10 21 B medallarsiz 164 22

M = Medallar bahsi; B = Poyga bekor qilingan.

Oʻq otish sporti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ned Gerard oʻq otish sporti boʻyicha 2008-yilgi Pekin Yozgi Olimpiadasida Virgin orollarini sharafini himoya qilgan yagona sportchi edi. U erkaklar oʻrtasida 50 m masofaga kichik oʻqli miltiqdan oʻq otish bahslarida qatnashish huquqini qoʻlga kiritgan. Uning ushbu musobaqalardagi ishtiroki Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi debyuti boʻlgan[15]. Bahslar 14-avgust kuni boshlangan. Birinchi va ikkinchi turda Gerard 96 ochko, uchinchi turda 95, toʻrtinchi turda 98, beshinchi turda 97 hamda oxirgi oltinchi turda 98 ochko toʻplagan[15]. Ned Gerard umumiy hisobda 580,0 ball toʻplab, 56 nafar sportchi orasida 53-oʻrinni qoʻlga kiritgan. Ned Gerard oʻyinlarda kubalik sportchi Eliecer Perezdan 2 ochko ortda, qirgʻizistonlik Ruslan Ismoilovdan 2 ochko oldinda, Olimpiadaning oltin medali sohibi ukrainalik Artur Ayvazyandan 122,7 ball bilan ortda qolgan[16].

Erkaklar:

Sportchi Tadbir Malaka Final
Ballar Daraja Ballar Daraja
Ned Gerard 50 metrli miltiqdan oʻq otish 580 53 ishtirok etmagan

Suzish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Olimpiya oʻyinlarida suzish boʻyicha musobaqalar oʻtkazilgan „Water Club“ suv havzasining ichki qismi

Georgia universitetining sobiq talabasi[17] Josh Laban 2008-yilgi Pekin Yozgi Olimpiadasida Virgin orollari nomidan ishtirok etgan yagona suzuvchi edi. Sportchi orollik suzuvchilar Kieran Locke va Kevin Hensleylar bilan bolalikdan tanish boʻlgan va ular bilan birga saralash musobaqalarida ishtirok etgan[18]. Josh Labanning ushbu musobaqalardagi ishtiroki uning Yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi ikkinchi chiqishi boʻlib, ilk marotaba sportchi 2004-yilgi Afina Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan[19]. Olimpiada oʻyinlarining 14-avgust kuni boʻlib oʻtgan saralash bahslari yettinchi bosqichida sportchi chililik Oliver Elliot va ruminiyalik Norbert Trandafirlar bilan birgalikda bahsga kirishgan. 23.28 soniya natija bilan Josh Laban sakkiz nafar sportchi orasida yettinchi oʻrinni egallagan va qirgʻizistonlik Vitaliy Vasilevni 0,74 soniyaga ortda qoldirgan boʻlsa, oltinchi oʻrinni band qilgan barbadoslik suzuvchi Martyn Fordedan 0,20 soniyaga kechroq masofani suzib oʻtgan. Laban oʻsha bahslarda chililik sportchi Oliver Elliotdan 0,53 soniyaga ortda qolgan edi[20]. Umumiy hisobda sportchi Yozgi Olimpiada bahslarida ishtirok etuvchi 97 nafar suzuvchilar orasida 53-oʻrinni egallagan, biroq ushbu natija bilan oʻsha kuni oʻtkaziladigan yarim final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kirita olmagan.

Erkaklar:

Sportchi Tadbir Dastlabki bosqich Yarim final Final
Vaqt Daraja Vaqt Daraja Vaqt Daraja
Joshua Laban 50 metrga erkin usulda suzish 23.28 53 ishtirok etmagan

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „United States Virgin Islands“. Sports-reference.com (2008). 2020-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 17-may.
  2. „2008 Summer Olympics Results – Boxing – Mens Welter Weight (69kg) Results“. Beijing 2008. ESPN (2008). Qaraldi: 2012-yil 11-may.
  3. „2008 VI Beijing Olympic Team“. Virgin Islands Olympic Committee (2008). Qaraldi: 2012-yil 17-may.
  4. „Henry to run for the US Virgin Islands in the 2008 Olympics“. Barton County Community College (2008). Qaraldi: 2012-yil 10-may.
  5. „Tabarie Henry“. Sports-reference.com (2008). 2020-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 6-may.
  6. „Julius Jackson“. Sports-reference.com (2008). 2020-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 11-may.
  7. „2008 Summer Olympics Results – Track and Field – Men's 400m Results“. ESPN (2008). Qaraldi: 2012-yil 6-may.
  8. „Laverne Jones“. Sports-reference.com (2008). 2020-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 15-may.
  9. „2008 Summer Olympics Results – Track and Field – Women's 100m Results“. Beijing 2008. ESPN (2008). Qaraldi: 2012-yil 15-may.
  10. „2008 Summer Olympics Results – Track and Field – Women's 200m Results“. Beijing 2008. ESPN (2008). Qaraldi: 2012-yil 15-may.
  11. „John Jackson“. Sports-reference.com (2008). 2020-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 11-may.
  12. „Ivies in Beijing Recap“. Ivy League Sports. Qaraldi: 2012-yil 11-may.
  13. „2008 Summer Olympics Results – Sailing – Men's – One person Dingy Results“. Beijing 2008. ESPN (2008). Qaraldi: 2012-yil 11-may.
  14. „Thomas Barrows“. Sports-reference.com (2008). 2020-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 11-may.
  15. 15,0 15,1 „Ned Gerard“. Sports-reference.com (2008). 2020-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 11-may.
  16. „2008 Summer Olympics Results – Shooting – Men's 50m Rifle Prone Results“. Beijing 2008. ESPN (2008). Qaraldi: 2012-yil 11-may.
  17. „Georgia Track & Field Trio Honored At Beijing Olympics“. University of Georgia Athletics. University of Georgia (2008). Qaraldi: 2012-yil 11-may.
  18. Emily Sampi. „Longtime Friends Go For Beijing Berths“. Swimming World Magazine (2008-yil 14-iyul). Qaraldi: 2012-yil 11-may.
  19. „Josh Laban“. Sports-reference.com (2008). 2020-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 11-may.
  20. „2008 Summer Olympics Results – Swimming – Men's 50m Freestyle Results“. Beijing 2008. ESPN (2008). Qaraldi: 2012-yil 11-may.