Vitaliy Vasilev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Vitaliy Anatolevich Vasilev (1939.28.12, Toshkent) — balet artisti, Oʻzbekistan xalq artisti (1974). Toshkent xoreografiya bilim yurtini tugatgan (1958). 1958—60 yillarda Saratov opera va balet teatrida, 1960—64 yillarda Krzoq opera va balet teatrida, 1964—79 yillarda Navoiy teatrida balet solisti. 1979 yildan Navoiy teatri balet truppasida repetitor-pedagog . Ijro etgan partiyalarida mumtoz raqs shakllarini oʻzbek millim xoreografiyasi harakatlari bilan uygʻunlashtirib, qahramonning ichki dunyosini ustalik bilan ifodalagan. Qaxramonona, hajviy, lirik-romantik va harakterli partiyalarni mohirona ijro etgan. Eng yaxshi partiyalari: Don Juan ("Don Juan"), Zigfrid ("Oqqush koʻli"), Spartak ("Spartak"), Suhayl ("Suhayl va Mehri"), Mirza Izzat ("Sevgi tumori"), Temur Malik ("Sevgi va shamshir"), Usta ("Tanavor"), Antoniy ("Antoniy va Kleopatra") va b. Hamza nomidagi Oʻzbekistan Davlat mukofoti laureata (1970).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil