13 Reasons Why

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
13 Reasons Why
Janri
Qaysi asarga asoslangan Jay Asherning "Thirteen Reasons Why" kitobi
Rollarda
Sharhlovchi(lar)
  • Katherine Langford (1-mavsum)
  • Various (2-mavsum)
  • Grace Saif (3-mavsum)
  • Dylan Minnette (4-mavsum)
Bastakor(lar) Eskmo
Qismlar boshidagi musiqa "Oh in This World of Dread, Carry On" Eskmo
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til Ingliz
Mavsumlar soni 4
Qismlar soni 49
Ishlab chiqarish
Ijrochi prodyuser(lar)
Prodyuser(lar)
  • Joseph Incaprera
Kinematografiya Andrij Parekh
Muharrir(lar) Leo Trombetta
Qism davomiyligi 49-98 minut
Studiya(lar)
Efirga uzatilishi
Telekanal Netflix
Tasvir formati Ultra HD
Translyatsiya davri 31-mart, 2017-yil(2017-03-31) — 5-iyun, 2020-yil(2020-06-05)

„13 Reasons Why“ — Amerika oʻsmirlar dramasi teleseriali Brian Yorkey tomonidan Netflix uchun ishlab chiqilgan va yozuvchi Jay Asherning 2007-yildagi „Thirteen Reasons Why“ (Nega bundayligining oʻn uch sababi) romani asosida yaratilgan. Serial oʻrta maktab oʻquvchisi Hannah Bakerning (Katherine Langford) oʻz joniga qasd qilish oqibatlari va Clay Jensen (Dylan Minnette) haqida[1]. Hannah oʻlimidan oldin bir quti kassetali lentalarni qoldiradi, unda u nima uchun hayotini tugatishni tanlaganligi va uning oʻlimida aybdor deb hisoblagan odamlar haqida batafsil maʼlumot beradi.

Koʻrsatuv oʻzining turli hikoyalari orqali zamonaviy yoshlarga taalluqli boʻlgan keng koʻlamli ijtimoiy muammolarni oʻrganadi va tasvirlaydi. Serial iyul oyida „Moon Productions“, „Kicked to the Curb Productions“, „That Kid Ed Productions“, „Anonymous Content“ va Paramount Television" kompaniyalari tomonidan birinchi mavsumda Yorkey va Diana Sonning prodyuserligida ishlangan. Clay Jensen va Hannah Baker rollarini Dylan Minnette va Ketherine Lengfor ijro etadilar. „Universal Pictures“ kompaniyasining „Thirteen Reasons Why“ga asoslangan filmi 2011-yilning fevralida ishlab chiqila boshlagan, filmda Selena Gomez Hannah rolini ijro etishi kerak boʻlgan ammo filmni suratga olish rad etilgan va „Netflix“ 2015-yil oktabr oyida cheklangan serial sifatida filmni qayta ishlashga buyurtma bergan[2].

Birinchi mavsum 2017-yil 31-martda „Netflix“da namoyish etildi. Mavsum uning hissiy ogʻirligi, mavzulari, qahramonning rivojlanishi va aktyorlik oʻyinlari, xususan, Minnette va Langfordning sahnalari tanqidchilar va tomoshabinlarning ijobiy baholarini oldi. Oʻzining ijrosi uchun Langford "Oltin globus" mukofotining „Eng yaxshi aktrisa — televidenie dramasida“ nominatsiyasini oldi[3]. Biroq, uning oʻz joniga qasd qilish, jinsiy tajovuz, zoʻravonlik va zoʻrlash (boshqa yetuk kontent bilan birga) kabi masalalarning grafik tasviri ruhiy salomatlik mutaxassislarining xavotirlariga sabab boʻlgan. Bunga javoban, „Netflix“ kompaniyasi 2018-yil mart oyida har bir mavsum boshida tomoshabinlarni ogohlantiruvchi mavsum mavzulari haqida kartalar qoʻshdi[4]. 2019-yil iyul oyida „Netflix“ birinchi mavsumning yakuniy epizodida oʻz joniga qasd qilish sahnasini tahrir qildi[5].

2017-yilning may oyida „Netflix“ „13 Reasons Why“ dastlabki 13 ta epizodning muvaffaqiyati tufayli ikkinchi mavsum uchun yangilangan;[6] ikkinchi fasl 2018-yil 18-mayda chiqqan va umuman salbiy tanqidiy sharhlar bilan kutib olingan. Ikkinchi mavsumning chiqishi bilan bir vaqtda „Netflix“ tomoshabinlarni serialda yoritilgan baʼzi mavzular haqida ogohlantirgan va depressiya, tashvish hamda boshqa ruhiy salomatlik muammolari bilan ogʻrigan odamlar uchun yordamchi veb-saytini taqdim etgan film aktyorlari ishtirokidagi video chiqargan[7]. Uchinchi mavsum 2018-yil iyun oyida buyurtma qilingan va 2019-yil 23-avgustda chiqarilgan. 2019-yil avgust oyida serial toʻrtinchi va oxirgi mavsum uchun yangilangan, uning premyerasi 2020-yil 5-iyun kuni boʻlib oʻtdi[8][9].

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Serial 2010-yillarning oxirida Kaliforniyaning Evergreen okrugida boʻlib oʻtadi. Serialdagi asosiy qahramonlarning aksariyati „Liberty“ oʻrta maktabi oʻquvchilari boʻladi.

Birinchi mavsumda oʻzining old ayvonidan kassetalar toʻplamini topib olgan „Liberty“ talabasi Clay Jensen haqida. Kassetalar oʻz joniga qasd qilgan sobiq „Liberty“ talabasi Hannah Bakerniki ekanligi maʼlum va u nega bunday qilganining oʻn uchta sababini lentalarda yozib qoldirgan boʻladi. Har bir lentada quyidagi odamlar uchun sabablar yoziladi: Justin Foley, Jessica Davis, Alex Standall, Tyler Down, Courtney Crimsen, Marcus Cole, Zach Dempsey, Ryan Shaver, Sheri Holland, Clay, Hannahning oʻzi, Bryce Walker va Kevin Porter (lenta mavzulari orasida oʻquvchi boʻlmagan yagona maktab maslahatchisi). Ushbu mavsumda oʻqish paytida duch kelgan jarohatlari va oxir-oqibat oʻlimiga olib kelgan voqealarga tobora koʻproq oydinlik kiritadigan Hannahning hotiralari aks etadi.

Ikkinchi mavsumda Hannahning ota-onasi maktab okrugini sudga berishadi, mavsum davomida Hannahning lentalari Internetga tarqaladi. Birinchi mavsum voqealarining oqibatlari va bu oqibatlar „Liberty“ talabalarining hayotiga qanday taʼsir qilganligi koʻrsatilgan. Mavsum oxirida Tyler bezori Monty tomonidan qattiq shikastlanganidan keyin maktabda otishma sodir etishga urinib koʻradi, ammo bu urunish Klay va Tony tomonidan toʻxtatiladi. Tony Tylerni mashinada olib ketishidan oldin Taylerning quroli Klayga beriladi.

Ani Achola ismli yangi ayol qahramonni tanishtiradigan va oʻtgan mavsumdagi voqealardan sakkiz oy oʻtib sodir boʻladigan 3-faslda Klay va uning doʻstlari Tylerni maktabdagi otishma urinishini berkitish va uning tuzalishiga yordam berish uchun kurashadilar. Bryce oʻldirilganidan soʻng lenta sub’ektlari oʻrtasida keskinlik kuchayadi, Klay gumondorga aylanadi. Brycening oʻlimidan soʻng, uning oʻtmishdagi harakatlari va Hannahning kassetalari tinglaganidan soʻng qanday odamga aylanganligi tekshiriladi.

Toʻrtinchi va oxirgi mavsumda „Liberty“ maktab talabalari yaqinlashib kelayotgan bitiruvni rejalashtirayotgan bir vaqtda Bryce va Monty oʻlimidan soʻng Klay ruhiy salomatlik bilan bogʻliq muammolarni rivojlana boshlaydi.  

Epizodlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Epizodlar Chiqarilgan
1 13 31-mart 2017-yil
3 13 18-may 2018-yil
2 13 23-avgust 2019-yil
4 10 5-iyun 2020-yil

Qabul qilinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tanqidiy javob[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi fasl ijobiy baholarga ega boʻlib, aktyorlik mahorati (ayniqsa, Minnett, Langford va Walsh), rejissyorlik, hikoya, vizual tasvirlar, mavzular, qorongʻulikdagi manba materialining takomillashuvi va kattalar mavzusiga yetuk yondashuv uchun maqtov olgan.

„IGN“ kompaniyasidan Jesse Schedeen „13 Reasons Why“ filmini maqtaydi, unga 10 balldan 9,2 ball berib, „Ajoyib“ serial „juda kuchli va taʼsirchan serial“ ekanligini va „XXI asrning eng yaxshi oʻrta maktab dramalari qatoridan joy olganini“ taʼkidlagan[10].

Munozara[tahrir | manbasini tahrirlash]

Serial chiqqandan soʻng, „Amerika bolalar va oʻsmirlar psixiatriya akademiyasi jurnali“da (inglizcha: Journal of the American Academy of Child and Adolescent Psychiatry) chop etilgan tadqiqot „Netflix“ serialni chiqara boshlanganidan keyin bir oy ichida oʻsmirlar oʻrtasida oʻz joniga qasd qilish 28,9 foizga oshganini aniqlagan[11][12].

Tanqid[tahrir | manbasini tahrirlash]

"13 Reasons Why"ning chiqarilishi 900 000 dan 1,5 milliongacha boʻlgan Qoʻshma Shtatlarda oʻz joniga qasd qilish bilan bogʻliq yana millionlab Google qidiruvlari, shu jumladan, „qanday qilib oʻz joniga qasd qilish kerak“ degan soʻrovlar 26 foizga, „oʻz joniga qasd qilish“ 18 foizga va „qanday qilib oʻzini oʻzi oʻldirish“ qidiruvlari 9 foizga oʻsgan[13]. Oʻz joniga qasd qilish haqidagi maʼlumotni qidirish bilan oʻz joniga qasd qilish xavfi oʻrtasidagi bogʻliqlik aniq boʻlmasa-da[14], oʻziga shikast yetkazish holatlari bolalar kasalxonasida kuzatilgan[15][16][17][18].

Ijrochi prodyuser Selena Gomez serialni atrofidagi bahs-munozaralardan himoya qilib shunday degan:

Biz kitobga juda sodiq qolganmiz, Jay Asher goʻzal fojiali, murakkab, ammo bezovta qiluvchi hikoya yaratgan va biz uni boricha yoritib berishga harakat qilganmiz... Va albatta, nima bo'lishidan qat'i nazar, javoblar, tanqidlar bo'ladi. To'g'ri bu mavzu haqida gapirish oson emas, lekin biz buni yaratganimizdan hursandman.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „13 Reasons Why“. TVGuide. 13-yanvar 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-yanvar 2020-yil.
  2. Wagmeister. „Netflix Adapting 13 Reasons Why Into Selena Gomez Series (Exclusive)“. Variety (29-oktabr 2015-yil). 1-may 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-iyun 2018-yil.
  3. 2018 Golden Globe TV Nominations - Drama, 5–sentabr 2019–yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: October 7, 2019{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  4. Libbey, Peter. „Netflix Adds a Warning Video to 13 Reasons Why. The New York Times (22-mart 2018-yil). 13-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-iyun 2018-yil.
  5. „Netflix deletes graphic suicide scene from first season of "13 Reasons Why"“. CBS News. 17-iyul 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-oktabr 2019-yil.
  6. Goldberg. „17 Execs Explain Why They Keep Renewing Limited Series“. The Hollywood Reporter (7-noyabr 2017-yil). 1-fevral 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-fevral 2020-yil.
  7. „13 Reasons Why: Season 2 starts mental health debate“. Film Industry Network (18-may 2018-yil). Qaraldi: 7-oktabr 2019-yil.
  8. White. 13 Reasons Why: Netflix Orders Fourth & Final Season Of Controversial Drama, Sets Season 3 Premiere Date“. Deadline Hollywood (1-avgust 2019-yil). 1-avgust 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-avgust 2019-yil.
  9. Petski. 13 Reasons Why: Netflix Sets Premiere Date For Fourth & Final Season, Cast Says Goodbye – Watch“. Deadline Hollywood (11-may 2020-yil). 11-may 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-may 2020-yil.
  10. Schedeen. „13 Reasons Why: Season 1 Review“. IGN (5-aprel 2017-yil). 2017-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-aprel 2017-yil.
  11. Whyte. „Did Netflix's 13 Reasons Why really increase suicide rates?“ (inglizcha). New Scientist (2-may 2019-yil). Qaraldi: 4-avgust 2022-yil.
  12. Bridge, Jeffrey A. (1–fevral 2020–yil). „Association Between the Release of Netflix's 13 Reasons Why and Suicide Rates in the United States: An Interrupted Time Series Analysis“. Journal of the American Academy of Child and Adolescent Psychiatry. 59-jild, № 2. 1-bet. 18–sentabr 2020–yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: August 19, 2020.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  13. Ayers, John W.; Althouse, Benjamin M.; Leas, Eric C.; Dredze, Mark; Allem, Jon-Patrick (2017). „Internet Searches for Suicide Following the Release of 13 Reasons Why“. JAMA Internal Medicine. 177-jild, № 10. 1527–1529-bet. doi:10.1001/jamainternmed.2017.3333. PMC 5820689. PMID 28759671.
  14. Mok, K; Jorm, AF; Pirkis, J (2015-yil avgust). „Suicide-related Internet use: A review“. The Australian and New Zealand Journal of Psychiatry. 49-jild, № 8. 697–705-bet. doi:10.1177/0004867415569797. PMID 25698810. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  15. Cooper, Michael Townsend; Bard, David; Wallace, Rebecca; Gillaspy, Stephen; Deleon, Stephanie (2018). „Suicide Attempt Admissions From a Single Children's Hospital Before and After the Introduction of Netflix Series 13 Reasons Why“. Journal of Adolescent Health. 63-jild, № 6. 688–693-bet. doi:10.1016/j.jadohealth.2018.08.028. PMID 30454731.
  16. Till, Benedikt; Vesely, Christine; Mairhofer, Dunja; Braun, Marlies; Niederkrotenthaler, Thomas (2019). „Reports of Adolescent Psychiatric Outpatients on the Impact of the TV Series 13 Reasons Why: A Qualitative Study“. Journal of Adolescent Health. 64-jild, № 3. 414–415-bet. doi:10.1016/j.jadohealth.2018.11.021. PMID 30819333.
  17. „Netflix removes 13 Reasons Why suicide scene“. BBC News (16-iyul 2019-yil). 16-iyul 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyul 2019-yil.
  18. Bennett. „Netflix Edits 13 Reasons Why Suicide Scene Following Complaints“. Deadline (16-iyul 2019-yil). 2-oktabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-oktabr 2019-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]