Jay Asher

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jay Asher
Tavalludi 30-sentyabr 1975-yil
Arcadia, Kaliforniya,AQSH
Ijod qilgan tillari Ingliz tili
Fuqaroligi AQSh
Veb-sayti
http://jayasher.blogspot.com/

Jay Asher amerikalik yozuvchi boʻlib u 1975-yil, 30-sentyabrda Kaliforniyaning Arcadia shahrida tugʻilgan. U amerikaning eng mashhur yozuvchilaridan biri hisoblanadi. Asher „Oʻn uchta sabab“ deb nomlangan kitobini yozishi orqali koʻp kitobxonlarning hurmatini qozona oldi. 2007-yilda Ashler yozgan Oʻn uchsabab kitobi eng koʻp sotilgan kitoblar roʻyxatidan joy oldi.

Karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jay Asherning bir qancha kitoblari nashr etildi:

  • Oʻn uch sabab — 2007-yilda Nyu-York Timesning eng koʻp sotilgan yoshlar va kattalar uchun moʻljallangan fantastik roman hisoblanadi.
  • Bizning kelajak — Kerolin Makler bilan hamkorlikda yozilgan kitob hisoblanadi. Bu kitobda ikki oʻsmir Josh va Emmaning yaqin doʻstligi haqida soʻz boradi ammo baʼzi bir sabablarga koʻra ualrning doʻstligiga nuqta qoʻyiladi.

Bu kitoblardan tashqari Jay Asher bir nechta rasmli kitoblar va oʻrta maktab oʻquvchilar uchun moʻljallangan kitoblari chop etilgan.

Oʻn uchsabab romani bir nechta mukofotlarni qoʻlga kiritgan boʻlib va „Teen Book Review“dan besh yulduz oldi. Bundan tashqari Ellen Hopkins, Sherman Alexie, Chris Crutcher, nomonidan yuqori baholandi. Jay Asherning „Oʻn uchsabab“ romani Selena Gomes ishtirokidagi filmni suratga olish uchun koʻrib chiqilgan. 2017-yil 31-martda Netflix romanga asosida sur’atga olingan serialni teletomoshabinlarga taqdim etdi. Selena Gomez ijrochi prodyuser sifatida xizmat qildi[1]. Bu serial oʻrta maktab oʻquvchisi Kley Jensen Dylan Minnette va uning sinfdoshi Xanna Beykerning Ketrin Lengford oʻz joniga qasd qilishining sabablari haqida soʻz boradi[2]. Oʻlimidan oldin Xanna bir quti kassetali lentalarni qoldiradi, u lentalarda Xanna nima uchun oʻz joniga qast qilishga qaror qilganligi toʻgʻrisida va uning oʻlimiga sabab boʻlgan odamlar haqida batafsil maʼlumot beradi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Netflix Gives Selena Gomez's '13 Reasons Why' Straight-To-Series Order“ (inglizcha). Deadline (29-oktabr 2015-yil). Qaraldi: 29-oktabr 2015-yil.
  2. „13 Reasons Why“. TVGuide. 13-yanvar 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-yanvar 2020-yil.