13-qavat (video o'yin)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Floor 13 – 1991-yilda Virgin Games tomonidan ishlab chiqilgan strategik video oʻyin hisoblanadi . Oʻyin voqealari Buyuk Britaniyada boʻlib oʻtadi, u yerda oʻyinchi maxfiy operatsiyalar bilan shugʻullanadigan sirli hukumat agentligi direktori boʻlib, shtab-kvartirasi Londonning Docklands tumanidagi bank binosining oʻn uchinchi qavatida yashiringan, shuning uchun ham oʻyinning nomi 13-qavat.[1] Keyingi Floor 13: Deep State oʻyini 2020-yilning noyabr oyida ommaga taqdim qilingan.

Syujeti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻyinchi aslida mavjud boʻlmagan „Qishloq xoʻjaligi va baliqchilik boshqarmasi“ ning direktori boʻladi va vazifasi har qanday holatda ham hukumatni obroʻsi uchun kurashadigan maxfiy politsiya ijroya agentligini boshqarish boʻladi. Bosh direktor faqat Bosh vazirga javob berib, hukumatni xalq orasida mashhur qilib turish uchun telefon liniyalarini tinglash, kuzatish, tuhmat qilish taktikasini qoʻllash, dezinformatsiya, oʻgʻirlik, oʻgʻirlash, qiynoq va suiqasddan foydalanish huquqiga ega boʻladi.[2]

Oʻyinda 1980-1990-yillarning boshlaridagi haqiqiy guruhlar, tendentsiyalar, janjallar va gʻayrioddiy hodisalar, jumladan Irlandiya muammolari, Yorqin yoʻl, BCCI janjali va Roberto Kalvi va Jonatan Moylning oʻz joniga qasd qilishlari haqida koʻplab oʻxshatishlar oʻyin syujetida mavjud.

Oʻyin jarayoni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻyin menyuga asoslangan boʻlib, unda har kuni Bosh direktorning ofisida koʻrish mumkin boʻlgan hisobotlar orqali oʻyinchiga senariylarni taqdim etib boriladi. Har bir senariyda agar oʻyinchi tomonidan holat toʻgʻri boshqarilmasa, hukumatning obroʻsiga putur yetkazishi mumkin boʻlgan xavflarni koʻrsatib turadi. Oʻyinchi 8 xil turli boʻlimlarga buyruqlar berish orqali Bosh Direktorga mavjud imkoniyatlardan (yaʼni kuzatuv, suiqasd, soʻroq va notoʻgʻri maʼlumot tarqatish kabilar) kelib chiqib, senariyda keltirilgan shaxslar, guruxlar yoki manzillarda mavjud imkoniyatlardan foydalanish orqali oʻynaydi. Har kunlik hisobot oʻqilib va buyruq tastiqlanganidan soʻng oʻyinchi natijalar va senariylardagi oʻsishni koʻrish uchun oʻtkazib yuborishi mumkin. Har bir stsenariy skriptlangan va odatda har doim oʻyinchining aralashuvisiz ham xuddi shunday davom etadi (shaxslarning ismlari va rasmlari kabi mayda tafsilotlar oʻzgartirilganda ham), lekin oʻyinchi buyruqlarining baʼzi natijalari tasodifiy sodir boʻladi (masalan, suiqasd urinishlari muvaffaqiyatsiz boʻlishi, shaxslarni soʻroq qilishda muayyan maʼlumotlarni oshkor qila olishi yoki olmasligi mumkin). Hisobotlarda har bir shaxs yoki guruhning obroʻsi, kuchi va hukumatga aloqadorligi, ularga qarshi qilingan harakatlarning muvaffaqiyatli boʻlishi ehtimoli va jamoatchilik fikriga taʼsir qilishi kabi natijalarga taʼsir koʻrsatadigan sifatlar bilan baholanadi. Baʼzi senariylar oʻyinchi qanday vositalardan foydalanishni tanlashiga qarab bir nechta mumkin boʻlgan qarorlarga ega boʻladi va shuningdek, agar oʻyin yaxshi olib borilsa, hukumatning obroʻsini oshiradigan ijobiy fikrlarni ham yaratishi mumkin.

Oʻyin davomida 2 ta yoʻl bilan magʻlub boʻlish mumkin. Har 21 kunda Bosh vazir soʻrovnomalarni koʻrib chiqadi va agar hukumatning reytingi 50% dan past boʻlsa, oʻyinchini ishdan boʻshatiladi. Agar oʻyinchi jamoatchilik eʼtiborini tortadigan tajovuzkor vositalardan juda koʻp foydalansa, oʻyinchi Bosh vazir tomonidan yuborilgan qotil boʻlmish „janob Garcia“ tomonidan ishdan boʻshatiladi va ofis oynasidan tashqariga uloqtiriladi. Agar hukumat har 21 kuda oʻtkaziladigan soʻrovnomada yetakchilikni qoʻlga kiritsa, oʻyinchiga koʻproq pul va u bilan ishlash uchun koʻproq ishchi beriladi. Oʻyinchilar oʻz vazifalarida qoʻpollik yoki ochiqchasiga tahdid kabi xatti-harakatlarni ishlatsa, ularga Bosh Vazir tobora oʻlim tahdidini sola boshlaydi.

Agar oʻyinchi ishdan boʻshatilmaslikka muvaffaq boʻlsa, oʻyinning ikkita mumkin boʻlgan muvaffaqiyatli yakuni mavjud. Agar oʻyinchi yil davomida duch kelgan har qanday mojarodan muvaffaqiyatli oʻtib, hukumat reytingini 50% dan yuqori ushlab turgan boʻlsa, hukumat oʻyinchi juda koʻp narsani bilishini tushunadi va uni „ bahramand boʻlishda davom eting“ degan esladma bilan Bosh vazir etib tayinlaydi . Ikkinchi yakun esa barcha yettita Maxfiy Ustozlar missiyasini muvaffaqiyatli bajarishni oʻz ichiga oladi. Bunday yakunda oʻyinchi Thoth maxfiy ustozlarining yangi boshligʻi etib tayinlanadi va oʻyinchi oʻynagan xarakterning yuzi koʻrsatiladi.

Oʻyinning qabul qilinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Computer Gaming World kompaniyasining xodimi boʻlmish Charlz Ardai Floor 13 ni Jeyms Bond muxlislarining Casino Royal oʻyiniga boʻlgan munosabatidan kelib chiqqan holda " eng yoqimsiz josuslik oʻyini " deb ataydi. Oʻyinda tasvirlangan KGB yoki Gestapoga oʻxshash „yashirin maxfiy politsiya faoliyati“ ni yoqtirmaslikdan tashqari, u oʻyin haqida shunday yozgan: " Xanna Arendt bundan ortiq yomon yovuzlikni tasavvur qila olmas edi ".[3]

Cara Ellison oʻyin Internet arxivida paydo boʻlgan paytdayoq, u juda zamonaviy koʻringanini taʼkidlaydi. Bu totalitar-byurokratiyani oʻrnatilishi va haqiqattan ham atrofdagi narsalarni nazorat qilinishini va aynan shu hukumat qoshiga shunchalik zerikarli boʻlgan boy odamlar ishga olinishining bir sababi ekanligini koʻrsatib beradi.[4]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Floor 13“.
  2. „Floor 13“.
  3. Ardai, Charles (December 1992). „Virgin Games' Floor 13“. Computer Gaming World. 109-bet. Qaraldi: 5 July 2014.
  4. Ellison, Cara. „My awesome trip through a free archive of 'classic' computer games“. The Guardian (2015-yil yanvar).

Tashqi havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]