Kontent qismiga oʻtish

Žalgiris Arena

Koordinatalari: 54°53′25″N 23°54′52″E / 54.89028°N 23.91444°E / 54.89028; 23.91444
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Žalgirio Arena
Manzili Kaunas, Litva
Koordinatalari 54°53′25″N 23°54′52″E / 54.89028°N 23.91444°E / 54.89028; 23.91444
Sigʻimi
Konstruksiya
Buzilgan joy 26-sentyabr, 2008-yil
Ochilgan 18-avgust, 2011-yil
Kengaytirilgan 2022 (suzish havzasi qoʻshilgan)
Qurilish qiymati 50 million
Arxitektor Eugenijus Miliūnas
Asosiy pudratchilar Vėtrūna
Ijarachilar
BC Žalgiris (Latviya basketbol ligasi, Yevroliga) (2011-hozirgacha)
Website
zalgirioarena.lt

Žalgirio Arena — Litvaning Kaunas shahridagi koʻp maqsadli yopiq arena. Arena Nemunas daryosi yaqinidagi orolda joylashgan. Boltiqboʻyidagi eng katta yopiq arena hisoblanadi[1]. Arena basketbol oʻyinlari paytida 15 415 muhlis[2], kontsertlar paytida 22 500 tomoshabin (agar sahna oʻrtaga joylashtirilsa, 17 000 tomoshabin[3])ni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi. Žalgiris Arena qurilgandan soʻng Kaunasdagi asosiy oʻyingohga aylangan. Bungacha ushbu maqomni Kaunas sport zali egallab turgan.

Žalgirio Arena basketbol oʻyinlari va kontsertlarni oʻtkazish uchun foydalaniladi. Hozirda Latviya basketbol ligasi va Yevroligada musobaqalarida ishtirok etuvchi BC Žalgiris basketbol klubi Žalgiris Arenada barcha uy uchrashuvlarini oʻtkazadi. Yevroliganing 2011-2012, 2012-2013, 2017-2018, 2018-2019, 2019-2020 va 2020-2021-yilgi mavsumlarida Žalgiris Arena oʻyinlariga muhlislar tashrifi boʻyicha yetakchilik qilgan.

Arena qurilishi 2008-yil sentyabr oyida boshlangan. Qurilish jarayonlari Litvaning Vėtrūna qurilish kompaniyasi tomonidan moliyalashtirilgan. Bosh arxitektori — Eugenijus Miliūnas. Arenaning umumiy qiymati 168,8 million lit (50 million yevro). Arena 2011-yil 18-avgustda Litva va Ispaniya oʻrtasidagi basketbol oʻyini bilan ochilgan.

Žalgiris Arenada 2011-yil sentyabr oyida boʻlib oʻtgan baskebol boʻyicha Yevropa chempionatining pley-off va final bosqichi oʻyinlari oʻtkazilgan.

2015-yil 5-dekabr kuni Litvaning SEL guruhining konsert dasturi oʻtkazilgan. Mana shu konsert dasturida tomoshabinlar tashrifi boʻyicha yangi rekord oʻrnatilgan. Oʻsha kuni arenaga 20 517 nafar tomoshabin tashrif buyurgan.

2016-yil 6-yanvar kuni Yevroliga klublarining bosh murabbiylari Žalgiris Arenani musobaqaning eng yaxshi arenasi deb eʼtirof etishgan[4][5]. Žalgiris Arenadai futzal boʻyicha 2021-yilgi jahon chempionatining baʼzi oʻyinlari oʻtkazilgan. Musobaqaning ochilish va final oʻyinlari ham aynan shu arenada oʻtkazilgan.

  1. „Kaunas Žalgirio arena“. Visit.Kaunas.lt. Qaraldi: 2023-yil 30-dekabr.
  2. „Kaunas and Berlin to host EuroLeague Final Four in 2023 and 2024“. Sportcal (2022-yil 19-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 3-sentyabr.
  3. „„SEL“ apie planuojamą koncertą Kaune: bus panašu į pasaką“ (lt). Kauno diena (2023-yil 7-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 9-dekabr.
  4. „Eurolygos klubų vadovų apklausa: "Žalgirio" arena – geriausia Europoje“. 24sek.lt. Qaraldi: 2016-yil 5-yanvar.
  5. Urbonas. „Magiška vieta Kaune, kurios pavydi visa Europa“. 24sek.lt. Qaraldi: 2016-yil 6-yanvar.