Ümmiye Koçak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ümmiye Koçak
Tavalludi 1957 (yoshi 66–67)
Çelemli, Adana viloyati, Turkiya
Fuqaroligi Turkiya
Kasbi Ssenariy muallifi, dramatik aktrisa
Faoliyat yillari 2001 – hozirga qadar
Millati Turk
Mukofotlari Nyu-Yorkdagi Yevroosiyo kinofestivali (2013) va boshqalar

Ümmiye Koçak (1957-yilda tugʻilgan) – turk ssenariynavisi va aktrisasi[1].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ümmiye Koçak 1957-yilda Adana viloyatining Chelemli qishlogʻida tugʻilgan. Boshlangʻich maktabni oʻz qishlogʻida tamomlagan. Ammo u oʻqishni davom ettira olmagan. 1982-yilda turmush qurgach, Mersin viloyatidagi Arslankoʻyga koʻchib oʻtgan va u yerda hozirga qadar yashamoqda[2]. Arslankoʻy – Toros togʻlariga yaqin togʻli aholi punkti boʻlib, Mersin shimolida 50 km (31 mi) uzoqlikda joylashgan.

Ümmiye Koçakning uch nafar farzandi bor[3].

Teatr va kinodagi ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arslanköy teatri, 2020-yil

Ümmiye Koçak yetarli darajada maʼlumotga ega boʻlmasa ham, oʻqish-oʻrganishni yaxshi koʻrgan. 2001-yilda u oʻzining kichik shaharchasida "Arslanköy Kadınlar Tiyatro Grubu" („Arslanköy ayollar teatr guruhi“) nomli ayollar teatrini tashkil qilgan. 2006-yilda guruh Adana shahrida boʻlib oʻtgan Xalqaro Sabanji teatr festivalida ishtirok etgan[4].

Keyin Ümmiye Koçak qishloq ayollari hayoti haqida Yün Bebek („Yunli qoʻgʻirchoq“) nomli film ssenariysini yozgan. 2013-yilda Ümmiye Koçak boshchiligida suratga olingan film „Ikkinchi Nyu-York Yevroosiyo kinofestivali“da ishtirok etgan va mukofotga sazovor boʻlgan[5]. Keyinchalik u teleseriallarda roʻl oʻynagan. U suratga tushgan seriada Hatice ismli qishloq ayoli va uning qizi Elifning fojiasi aks ettirilgan. Haticening ikkinchi turmush oʻrtogʻi Ali va Alining onasi Hatice va Elifni doimo haqorat qilib kelgan. Zulmga uchragan Elif jun qoʻgʻirchoqni topgach, yengil tortadi[6]. Filmda bosh rollarni Ayşe Armut, Öznur Armut va Seher Cuvadir ijro etgan. Filmda bitta sahnadagi siluetdan boshqa erkak qahramon yoʻq. Filmning debyuti 2012-yilda 49-Xalqaro Antaliya kinofestivalida boʻlib oʻtgan va tanlovda ishtirok etmagan film sifatida qayd etilgan[7]. Keyinchalik film Turkiya radio va televideniye korporatsiyasi (TRT) telekanalida ham namoyish etilgan.

2017-yilda u portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu bilan Turk Telecom telekompaniyasining reklama roligida suratga tushgan[8].

Ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ssenariylar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Erik Eşkisi
  • Ozon Tapakas
  • Kara Kuy
  • Doktor Beleş
  • Turunchgil Hayattir
  • Chicekler Solmasin
  • Hasret Çiçekler[9]

Qisqa hikoyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Vatan Sevgisi
  • Irazcaning Düşleri
  • Kanayan Yara
  • Kader
  • Obruk
  • Ayaksız Ayakta Durmak
  • Baba Ben Geldim
  • Muhtor Adayı Hasret Ana[10]

Televizion seriallardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Istanbul Hanımın Çiftliği
  • Hayot Devam Ediyor
  • Hanımın Çiftliği
  • Kasaba
  • Seher Vakti[11].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Adana xalqaro teatr mukofoti
  • Anqara xalqaro teatr mukofoti
  • Darüşshafaka Taʼlim Initiatrive mukofoti
  • Bornova xalqaro ayol rassomlar festivali mukofoti
  • Toros Koleji taʼlim mukofoti
  • Ayollarga zoʻravonlikka qarshi „Kader“ nodavlat tashkiloti mukofoti
  • Mersin sanoatchi va ishbilarmonlari yillik sanʼat mukofoti
  • TİKAV- 2012 Onalar maktabi mukofoti
  • Samsun nodavlat tashkiloti tashabbusi mukofoti
  • Nyu-York Yevroosiyo kinofestivalining mukofoti[12]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Ümmiye Teyze müfredata girdi“ (tr). CNN TÜRK (2018-yil 11-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 11-noyabr.
  2. „Ümmiye KOÇAK KİM?“. www.ummiyekocak.net. Qaraldi: 2023-yil 11-noyabr.
  3. „İnsan isterse neler yapar? | Beyaz Nokta® Gelişim Vakfı“. www.beyaznokta.org.tr. Qaraldi: 2023-yil 11-noyabr.
  4. „Ümmiye Koçak kimdir?“ (tr). www.biyografi.info. Qaraldi: 2023-yil 11-noyabr.
  5. „WINNERS 2013“ (en). nyeff. Qaraldi: 2023-yil 11-noyabr.
  6. Yün Bebek (2012) - Plot - IMDb (ingliz (Amerika)), qaraldi: 2023-11-11
  7. yunbebek. „Yün Bebek“ (tr-TR). Yün Bebek (2013-yil 15-fevral). Qaraldi: 2023-yil 11-noyabr.
  8. Gzt. „Ümmiye Koçak: Ronaldo ile anne-oğul gibiydik“ (tr-TR). Gzt (2017-yil 25-mart). Qaraldi: 2023-yil 11-noyabr.
  9. „İnsan isterse neler yapar? | Beyaz Nokta® Gelişim Vakfı“. www.beyaznokta.org.tr. Qaraldi: 2023-yil 11-noyabr.
  10. „İnsan isterse neler yapar? | Beyaz Nokta® Gelişim Vakfı“. www.beyaznokta.org.tr. Qaraldi: 2023-yil 11-noyabr.
  11. „İnsan isterse neler yapar? | Beyaz Nokta® Gelişim Vakfı“. www.beyaznokta.org.tr. Qaraldi: 2023-yil 11-noyabr.
  12. „İnsan isterse neler yapar? | Beyaz Nokta® Gelişim Vakfı“. www.beyaznokta.org.tr. Qaraldi: 2023-yil 11-noyabr.