«Atlantik» hodisasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
«Atlantik» hodisasi

Sanalar 1999-yil 10-avgust
Urush yeri Kach Rann
Sabab davlat chegarasining kesib oʻtilishi
Natija Pokiston samolyoti Hindiston harbiy havo kuchlari tomonidan urib tushirildi
Raqiblar
Pokiston bayrogʻi Pokiston Hindiston bayrogʻi Hindiston
Kuchlar
Pokiston bayrogʻi Pokiston dengiz floti Hindiston bayrogʻi Hindiston harbiy havo kuchlari
Yoʻqotishlar
Pokiston bayrogʻi 16 Hindiston bayrogʻi yoʻq

Atlantika hodisasi (inglizcha: Atlantique Incident) — 1999-yil 10-avgustda Pokiston dengiz kuchlarining Atlantika patrul samolyotining Hindiston havo kuchlari qiruvchi samolyoti tomonidan chegarani buzganidan keyin urib tushirilgan voqeadir.

Voqea[tahrir | manbasini tahrirlash]

1991-yilda Hindiston va Pokiston oʻrtasida ikki davlatning jangovar samolyotlari chegaraga 10 kilometrdan yaqinroq uchmasligi toʻgʻrisidagi shartnoma imzolandi.

1999-yil 10-avgustda cheklangan koʻrinish sharoitida Pokistonning Atlantika patrul samolyoti Hindiston chegarasini kesib oʻtdi va darhol Naliyadagi aviabazadagi Hindiston harbiy-havo kuchlarining MiG-21 qiruvchisi tomonidan urib tushirildi. Jarayonda Pokiston samolyoti bortidagi 16 kishining barchasi halok boʻldi[1].

Pokiston va Hindistonning voqeaga munosabati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pokiston rasmiylari darhol urib tushirilgan samolyot jangovar samolyotlar toifasiga kirmasligini va shunga koʻra, 1991-yilgi kelishuvda belgilangan cheklovlar unga taalluqli emasligini taʼkidladi. Biroq pokistonliklar Harbiy-dengiz kuchlari samolyoti nima sababdan Hindiston chegarasini kesib o‘tganini tushuntira olmadi. Islomobodning aytishicha, samolyot qurolsiz bo‘lib, Pokiston janubidagi Sind viloyatida rejali o‘quv parvozini amalga oshirgan.

Hindiston rasmiylari ham voqeaga izoh berdi. Ularning taʼkidlashicha, Pokiston samolyoti Hindiston hududiga 10 km yaqinlikka kirgandan keyingina urib tushirilgan.

Xalqaro vositachilik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pokistonning BMTdagi elchisi Inom-ul-Haq: „Xalqaro hamjamiyat bu mojaroni hal qilishda yetakchilik qilishi kerak“, dedi. Biroq, BMT Xavfsizlik Kengashi yadro quroliga ega boʻlgan har ikki davlat bu masalani ikki tomonlama muzokaralar yoʻli bilan hal qilishi kerakligi haqida bayonot berdi. AQSh, shuningdek, tomonlarni bosiqlikka chaqirdi. Biroq Inom-ul-Haqning aytishicha, hind-Pokiston mojarosi bir necha o‘n yilliklardan keyin ham hal etilmasa, xalqaro hamjamiyat bu voqea tinch yo‘l bilan hal qilinishini kutmasligi kerak. U, shuningdek, BMT Bosh kotibi Kofi Annanni voqea haqidagi fikrini oʻzgartirishga va Kashmirdagi mojaroning hal etilishiga taʼsir koʻrsatishga chaqirdi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „The Atlantique Incident“. 1999 Kargil Operations. Bharat Rakshak. 2007-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-iyul.