Folksvagen ag

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
("Folksvagen Ag"dan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

"FOLKSVAGEN AG" ("Volkswagen AG") — nemis avtomobil konserni. Yengil, yuk tashiydigan avtomobillar va kichik avtobuslar ishlab chiqaradi. Bosh boshqaruv idorasi va asosiy korxonalari Velfsburg shahrida joylashgan. Asoschisi mashxur nemis konstruktori (jahonga maʼlum "Porsche AG" avtomobil kompaniyasi asoschisi) Ferdinand Porshe, 1934 yil Germaniyaning milliy — sotsialist xukumatidan zamonaviy yengil avtomobil ishlab chiqarish boʻyicha buyurtma olgan. 1937 yilda "Folksvagen", yaʼni "xalq avtomobili" degan nom olgan yengil avtomobillarni ishlab chiqargan. Ikkinchi jahon urushidan keyin 1945 yilning kuzidan Velfsburg shahridagi zavodda avtomobillarni ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi va shu yili Angliya hukumati 20 ming dona avtomobil ishlab chiqarishga buyurtma berdi. 1949 yildan boshlab kabriolet va limuzin toifasidagi yangi modellar ishlab chiqarila boshlandi. 1953 yil Braziliyada, 1956 yil JAR da, 1957 yil Avstraliyada, 1964 yil Meksikada va boshqa mamlakatlarda filiallar tashkil etildi.

"F." dunyoning 15 ta mamlakatida oʻzining zavodlari boʻlgan, beshta savdo markasi bilan (Volkswagen, Audi, Skoda, Seat, Rolle—Roys) avtomobillar ishlab chiqaradigan, sotuv hajmi boʻyicha jahonda yetakchi konsern hisoblanadi. "F." tarkibiga "Volkswagen AG", "Audi AG", "Seat C.A.", "Shkoda automobilova", "Folksvagen — Saksoniya Gmbx" firmalari kiradi.

Sadir Salimov.