Andijonnoma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
("Andijonnoma"dan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

"Andijonnoma" – Andijon vi-loyati hokimligining ijtimoiy-siyosiy gaz. Andijon shahrida o‘zbek tilida haftada 2 marta chiqadi. Dastlab "Kizil qo‘shchi va dehqon" nomi bilan (1921 yil 30 maydan), keyinchalik turli nomlarda ("Darxon", "Paxta fronti"; 1938–91 yillarda "Kom-munist") nashr qilingan. 1992 yildan hozirgi nomda. Gaz.da turli davrlarda Cho‘lpon, Asqad Muxtor, Sayda Zunnunova, Olim-jon Xoldor kabi yozuvchilar, taniqli tar-jimon Rustam Abdurahmonov faoliyat ko‘rsatgan. Turli yillarda tahririyatda mehnat qilgan G‘ulomjon Zaynobit-dinov, Obloqul Egamov, Karimjon Yo‘ldoshev, Yusufjon G‘iyosov, Sobirjon Shoka-rimov, Muhammadjon Abduka-rimov, Muqimjon Niyozov, Mahmudjon Norxo‘jayev, Rahbarxon Fayziboyeva, To‘lqinboy Satimov, Abdumutal Abdul-layev, Zahriddin Muhitdinov, Foziljon Siddiqov, Maxpiratxon Tojixalilo-valar Respublikada xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Respublikada xizmat ko‘rsatgan jurnalist faxriy unvonlariga sazovor bo‘lishgan. Gazeta tah-ririyati tashabbusi bilan 1970-yillarda tashkil etilgan ishchi va qishloq muxbirlari maktabini 2000 yilga qadar 1000dan ziyod tinglovchi bitirdi."A." Andijon viloyatining oynasi sifatida bu yerda bo‘layotgan yirik qurilishlarning borishi haqida ba-tafsil maqolalar yoritgan. Jumladan, Andijon suv ombori qurilishi, Katta Farg‘ona kanali qurilishi, to‘qimachilik va yengil sanoat qurilishlari, "An-teks" hamda boshqa qo‘shma korxonalar qurilishlari doimiy ravishda gazetaning diqqat markazida turgan. 2000 yil 31 mayda "A." va "Andijanskaya pravda" gaz.lari birlashgan taxririyati tashkil etildi. Tahririyatda iqtisodiyot, agro-sanoat, xatlar va ommaviy ishlar, ij-timoiy masalalar va ma’naviyat hamda sport bo‘limlari ishlab turibdi. O‘zbek tilidagi gaz.ning adadi 4 mingdan ortiq (2000).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil