Zumurrud Xotun masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Zumurrud Xotun masjidi
arabcha: جامع زمرد خاتون
Zubayda qabri
Mamlakat  Iroq
Shahar Bagʻdod
Koordinatalar 33°19′30″N 44°25′19″E / 33.32500°N 44.42194°E / 33.32500; 44.42194 G OKoordinatalari: 33°19′30″N 44°25′19″E / 33.32500°N 44.42194°E / 33.32500; 44.42194 G O
Yoʻnalishi sunniy
Meʼmoriy uslub Abbosiylar meʼmorchiligi
Loyiha muallifi Zumurrud va Al-Nosir
Asosiy sana:
1204-yillar
Maqomi maqbara va masjid
Gumbazlar soni 1
Minoralar soni 1

Zumurrud Xotun masjidi va maqbarasi (arabcha: جامع زمرد خاتون), Sitta Zubayda maqbarasi nomi bilan ham tanilgan, Iroqning Bagʻdod shahrida joylashgan tarixiy masjid va ziyoratgoh hisoblanadi. Uning qurilishi Abbosiylar davriga borib taqaladi. Masjid Bagʻdodning Karx tarafidagi Shayx Maarouf qabristonida joylashgan boʻlib, bu joy Zumurrud Xotun va uning oʻgʻli homiyligida qurilgan[1]. Zumurrud Xotun 34-abbosiy xalifa an-Nosirning onasi va 33-abbosiy xalifa al-Mustadiyning rafiqasi edi. U madrasalardan vaqf pullarini yigʻib, oʻlimidan oldin Karxda joylashgan oʻz maqbarasini qurdirgan[2][3].

Bino kichik gumbazchalar bilan qoplangan toʻqqiz qavatli muqarnas naqshlar bilan bezatilgan[3]. Masjid minorasi 12-asrda Saljuqiylar sulolasi davrida qurilgan deb hisoblaniladi va Bagʻdoddagi saqlanib qolingan eng qadimgi minoradir[2]. Bino g‘isht va gipsdan yasalgan mustahkam konstruksiyaga ega. Unga qoʻshilgan kutubxona va qoʻshni shofiʼiy madrasasi ham majmua tarkibiga kiradi. Masjidda hanafiy mazhabi hukmron bo'lganligi sababli, Shofi'iy mazhabi uchun shimolga kengaytma qo'shilgan, bu masjid shofe'iy deb ataladi[2].

Masjid Karxdagi ikkita tarixiy maqbaradan biridir, ulaning ikkinchisi Shayx Maʼruf masjidi hisoblanadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aksariyat maʼlumotlarga koʻra, Zumurrud Xotun Abbosiylar xalifaligi davrida koʻzga koʻringan zodagon ayolga aylangan, avval qul boʻlgan turkiy ayollardan boʻlgan[4]. U bu lavozimga bir nechta nikohlar orqali koʻtarilgan, ammo eng diqqatga sazovor joyi uning xalifa al-Mustadiy bilan amalga oshirilgan nikohidir[4]. Zumurrud Xotun Abbosiylar xalifasi an-Nosirning onasi sifatida ham tilga olinadi[4]. U dindor ayol va arxitektura va jamoat ishlarining faol homiysi sifatida tasvirlangan[5]. Uning homiylik merosi jamoat infratuzilmasini tiklash, oʻquv va dafn marosimlari amalga oshiriladigan manzilgohlarni qurish bilan bogʻliq boʻlgan[4]. Zumurrud Xotun masjidi va maqbarasi 1202-yilda al-Nosir va Zumurrud Xotunning topshirigʻi bilan, Zumurrudning vafotidan oldin qurilgan[1]. Oʻlimidan soʻng, Zumurrud Xotun maqbaraga dafn qilingan[4].

Zamurrud Xotun madrasa qurilishida ham faol qatnashgan. Shuningdek, u siyosat va islom dini siyosatining faol aʼzosi, islom taʼlimoti va qonunchiligi hamda boshqa turli jihatlarda faol boʻlgan saxovatli inson sifatida ham koʻpchilikning xotirasida qolgan[6]. Jumladan, u ziyorat paytida suv taʼminoti va sardobalarni taʼmirlash uchun 300 000 dirham miqdoridagi mablagʻni sarflagani bilan tarixdako'p eslanadi[7].

Arxitekturasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Binoning rejasi va maydoni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Binoning toʻqqiz qavatli konussimon muqarnas peshtoqi gumbaz bilan qoplangan[8]. Strukturadagi ichki xonaning uzunligi taxminan 3 metr va kengligi taxminan 7 metrni tashkil qiladi. Kirish eshigining orqasida minora etagidagi qabr xonasiga olib boradigan tor zinapoya bor[9]. Maqbaraning tom yopish tizimi islom sanʼatida 11—12-asrlarda paydo boʻlgan. Manbalarning taʼkidlashicha, bu turdagi masjid va maqbara Iroqda ham qurilgan boʻlishi mumkin, ammo shunga oʻxshash tuzilmalar Eronning atrofidagi hududlarida ham uchraydi[8].

Gumbazi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qabr xonasining ichki koʻrinishi

Maqbara gumbazi islom meʼmorchiligining oʻziga xos ixtirolaridan biri boʻlgan muqarnasdan (shuningdek, stalaktit yoki asal chuqurchalari deb ham ataladi) yasalgan boʻlib, uni tayyorlashda turli materiallarda foydalanilgan; suvoq, gʻisht, tosh va yogʻoch shular jumlasidandir. Muqarnas bir nechta meʼmoriy shakllarda qoʻllanilishi mumkin, masalan, Zumurrud Xotun masjididagi karnizlar, tayanchli oʻtish joylari, ustunlar, qalin devorlar va gumbazlar singari. Gʻishtdan yasalgan qalin devorlar va gumbazlar Yaqin Sharqda Sosoniylar davridan buyon qurilishda qoʻllanib kelingan, lekin muqarnasdagi gumbaz hech bir sivilizatsiyada qoʻllanilmagan misli koʻrilmagan haqiqiy islomiy ijod namunasidir[10]. „Muqarnas va ash’ariy okkazionalizmi“ muallifi Yosir Tabbaning yozishicha, Zumurrud Xotun ziyoratgohi „barcha konussimon muqarnas gumbazlarining eng nafis koʻrinishi va eng yaxlit ichki yigʻindisiga ega“ deb taʼriflaydi[11]. Gumbaz nafaqat sakkiz qirrali asosdan iborat, balki konussimon gʻishtli gumbazni mustahlab turuvchi geometrik bezaklarni ham oʻz ichiga oladi.

Tuzilishi

Zamurrud Xotum maqbarasi oʻsha davrdagi islom meʼmorchiligiga aloqador boʻlgan monumental va noyob islomiy inshooti sifatida bunyod etilgan[12]. Masjid strukturasini sanʼat namunasi qiladigan narsa birlashtirilgan qatlamlar bilan ishlab chiqilganligidir[10]. Uning asosi sakkiz burchakli boʻlib, Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi Pentagon kabi zamonaviy tuzilmalarni qurishda ham shu uslub qoʻllanilgan. Maqbara oʻzining sakkiz burchakli poydevori ustida asta-sekin va koʻzga koʻrinmas holda muqarnas qisqichlarga oʻrnatilgan oʻn olti hujrali gumbaziga ega, bu esa poydevor va inshoot ustki qismining uygʻunligi da saqlaydi[10]. Yettinchi qavatda oʻn oltita hujayra gumbazning katta qismini egallaydi, qolgan qavatlarda bu holat kuzatilmaydi va ular oddiy suvoq bilan sayqallangan[10]. Hujayralarning har biri qalin shisha bilan qoplangan kichik teshikni oʻzida mujassam etgan boʻlib, tomoshabinga xonaning qorongʻi koʻrinishini namoyish etadi.

Bahslar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qabrning muqarnas gumbazining ichki koʻrinishi.

Identifikatsiya bahslari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vincenzo Strikaning aytishicha, Zumurrud Xotun masjidi va maqbarasi olimlar tomonidan bir necha bor notoʻgʻri taʼriflangan[8]. Koʻpincha masjid va maqbara Zumurrud Xotunning oʻzi emas, balki Sitta Zubayda tomonidan yaratilganligi aytiladi[8]. Ushbu tushunmovchilik tarixini Vincenzo Strika oʻrganib chiqqan, u buni avval yashagan olimlar tomonidan yaratilgan deb hisoblaydi, lekin birinchi boʻlib Guy Le Strange tomonidan eʼtiroz bildirilgan va keyinchalik Mustafo Javad tomonidan muzokaralar yakunlangan[8]. Strika taʼkidlaganidek, "Qabr Zubaydaniki emasligiga birinchi boʻlib Le Strange aniqlagan. U bu xulosaga Le Strangening Sitta Zubayda boshqa joyda dafn etilganligi haqidagi fikrlariga qarab keladi[8]. Sitta Zubayda va Zumurrud Xotunning shaxsi haqidagi chalkashliklar ham bu notoʻgʻri aniqlashlarning katalizatori boʻlgan. Ilgari tadqiqotchilar bu ikki ayol, aslida, ikki alohida inson sifatida eʼtirof etib ketgan bir shaxsmi yoki yoʻq ekanligi haqida koʻp oʻylashgan, ammo keyinchalik Sitta Zubayda aslida boshqa zodagon ayol ekanligi aniqlangan[9].

Arxitektura ziddiyatlari

Zumurrud Xotun maqbarasi, ayniqsa, uning meʼmoriy dizaynining oʻziga xosligi borasida koʻplab tortishuvlar yuz bergan[10]. Koʻpchilik maqbara dizayni Bagʻdod, Dajla va Iroqning boshqa hududlarida qurilgan boshqa ziyoratgohlardan olinganligini taʼkidlaydi. Jumladan, Zamurrud Xotun maqbarasining meʼmoriy dizayni an-Najmiy ziyoratgohi va Zamurrud Xotun maqbarasidan ilgari qurilgan Nuriddin maqbarasidan olinganligi taʼkidlangan. Biroq, bu yodgorliklarning aniq qurilish sanalari maʼlum emas.

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Tabbaa, Yasser. The Transformation of Islamic Art during the Sunni Revival. University of Washington Press, 2001. ISBN 978-0-295-98125-3. 
  2. 2,0 2,1 2,2 Jawad, Aymen. ZUMURRUD KHATUN. Iraq Heritage. Retrieved January 4, 2018.
  3. 3,0 3,1 US Department of Defense. „023. Baghdad - Zumurrud Khatun Mosque and Tomb“. Cultural Property Training Resource. Colorado State University. 2015-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-yanvar.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 Jacobi, Renate (2012-04-24), „Zumurrud K̲h̲ātūn“, Encyclopaedia of Islam, Second Edition (inglizcha), Brill, doi:10.1163/1573-3912_islam_sim_8209, qaraldi: 2022-11-21
  5. El-Hibri, Tayeb. The Abbasid Caliphate: A History, 1, Cambridge University Press, 2021-04-22. DOI:10.1017/9781316869567.005. ISBN 978-1-316-86956-7. 
  6. Le Strange, G.. Baghdad during the Abbasid caliphate from contemporary Arabic and Persian sources. Clarendon Press, 1900. 
  7. Leiden. Encyclopedia of Islam. Infobase Publishing, 2002. 
  8. 8,0 8,1 8,2 8,3 8,4 8,5 Strika, Vincenzo (1978). "The Turbah of Zumurrud Khatun in Baghdad. Some Aspects of the funerary Ideology in Islamic Art.". AION (38): 283–296. 
  9. 9,0 9,1 „Turba Zumurrud Mosque“. ArchNet. Qaraldi: 2022-yil 16-noyabr.
  10. 10,0 10,1 10,2 10,3 10,4 Tabbaa, Yasser (1985). "The Muqarnas Dome: Its Origin and Meaning". Muqarnas 3: 61–74. doi:10.2307/1523084. https://doi.org/10.2307/1523084. 
  11. Tabbaa, Yasser (2001). "The Transformation of Islamic Art during the Sunni Revival". University of Washington Press. ISBN 9780295981253. http://www.jstor.org/stable/j.ctvcwnpqv. 
  12. Strika, Vincenzo. The Islamic Architecture of Baghdad (English). Napoli: Istituto Universitario Orientale, 1987 — 18–20 bet.