Zevarsoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zevarsoy
Tavsif
Uzunligi 18
Maydoni 95 km²
Suv sarfi 1,8 m³/s
Davlat Oʻzbekiston


ZevarsoySurxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi soy, yuqori oqimida Divlonsoy, oʻrta oqimida Divloqsoy deb ham ataladi. Kishtut soyining oxirgi chap irmogʻi. Hisor tizmasining jan. tarmogʻi — Qoldirgʻa togʻining shim.gʻarbiy yon bagʻirlaridan oqib tushadigan 20 ta irmoqning qoʻshilishidan hosil boʻlib, gʻarbiy yoʻnalishda oqadi. Uzunligi 18 km, havzasining mayd. 95 km2. Qor, yomgʻir va buloklardan suv oladi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 1,8—2,0 m3/ sek. Zevarsoyda fevral oxiridan suvi koʻpaya boshlaydi, may—iyunda eng sersuv boʻlib, kuz va qishda suvi kamayadi. Zevarsoydan Zevar qishlogʻi suv ichadi va uning atrofidagi yerlar sugʻoriladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil